Isroildagi elchixona: Majburan ushlab turilganlar orasida o‘zbekistonliklar borligi haqida ma’lumot kelib tushmagan
Hozirda O‘zbekiston fuqarolarini Isroilda ro‘yxatga olish tezlashtirilgan va soddalashtirilgan tartibda amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston elchixonasi Isroil va G‘azo sektoridagi mojaro hududlarida majburan ushlab turilganlar orasida vatandoshlar borligi haqida diplomatik missiyaga ma’lumot kelib tushmaganini ma’lum qildi.
"O‘zbekistondagi ayrim OAV Isroil-Falastin harbiy to‘qnashuvlar chog‘ida asirga olingan O‘zbekiston fuqarolari haqidagi tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmoqda, - deyiladi mamlakatning Isroildagi elchixonasi saytida e’lon qilingan bayonotda. - Sizga shuni ma’lum qilamizki, Elchixonaga Isroil va G‘azo sektoridagi mojaro hududlarida majburan ushlab turilganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari borligi haqida ma’lumot kelib tushmagan".
Qayd etilishicha, hozirda O‘zbekiston fuqarolarini Isroilda ro‘yxatga olish tezlashtirilgan va soddalashtirilgan tartibda amalga oshirilmoqda. Elchixona Isroilda yashayotgan O‘zbekiston fuqarolariga yana bir bor murojaat qilib, tezkor aloqa va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida o‘zlarining istiqomat manzillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni diplomatik vakolatxonaning elektron manziliga jo‘natishni so‘ragan.
Elchixonaning aloqa ma’lumotlari: 03-672-2466, 03-672-2371, 03-758-5075, 03-758-5076, 054-4851397.
Elchixona ma’lumotiga ko‘ra, Isroilda 10 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarosi istiqomat qiladi va vaqtincha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadi.
Mavzuga oid
21:10
Turkiya Isroil prezidentining samolyotini o‘z havo hududiga kiritmadi - OAV
20:12
Isroil zarbasi oqibatida «Hizbulloh» matbuot kotibi halok bo‘ldi
20:40 / 16.11.2024
HRW Isroilni G‘azo sektoridagi falastinliklarni majburan ko‘chirganlikda aybladi
09:20 / 16.11.2024