Qozog‘iston nefti O‘zbekiston bozoridan majburan siqib chiqarilmayapti - QEV
Rossiyaning arzon nefti Qozog‘iston neftini O‘zbekiston bozoridan siqib chiqarayotgani yo‘q, demoqda Qozog‘iston rasmiylari.
Rossiya nefti Qozog‘iston neftini O‘zbekiston bozoridan siqib chiqarayotgani yo‘q. Bu haqda Qozog‘iston Energetika vazirligi (QEV) xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘iston hududi orqali 300 ming tonna Rossiya neftini tranzit qilish bo‘yicha kelishuvga muvofiq, yil boshidan buyon 79 ming tonna neft O‘zbekistonga yetkazib berilgan.
Shu bilan birga, Qozog‘iston neftining O‘zbekistonga eksporti 2022 yilda 87 ming tonnani, 2023 yilning 9 oyi yakunlari bo‘yicha esa 46 ming tonnani tashkil etgan.
«Ba’zi internet-resurslarda Rossiya neftining O‘zbekiston bozoriga yetkazib berilishi qozoq neftini siqib chiqarayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Men aytmoqchimanki, bu haqiqat emas. Bugungi kunga qadar O‘zbekistonga 87 ming tonna qozoq nefti yetkazilgan. Agar uddalay olsak, ta’minot shartlarini yaxshilash bo‘yicha kelishib olsak, shunga mos ravishda hajm ham ortadi. Rossiya nefti haqiqatan ham O‘zbekistonga yetkazib berilmoqda, biroq u qozoq nefti hajmidan ancha past», dedi Energetika vaziri o‘rinbosari Yerlan Akkenjyenov.
Departamentning ta’kidlashicha, agar O‘zbekiston tomoni Xitoy yoki boshqa xorijiy davlatlarga qaraganda yaxshiroq narx va shartlarni taklif qilsa, Qozog‘iston neft yetkazib berish hajmini oshirish masalasini ko‘rib chiqishga tayyor.
O‘zbekistonga neft Chimkentdagi Shag‘ir neft quyish stansiyasi va Atiraudagi Qosimov neft nasos stansiyalari orqali yetkazib berilmoqda. Shu bilan birga, 2022 yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston neft eksporti Qozog‘iston neft eksporti umumiy hajmining 0,13 foizini tashkil etdi, deb qayd etdi Energetika vazirligi.
Eslatib o‘tamiz, 6 oktyabr kuni Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida neft yetkazib berish sohasida hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, temir yo‘l orqali neft mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuv imzolangani haqida xabar berilgan edi. Ta’minot hajmi qanday bo‘lishi haqida ma’lumot berilmadi.
Shu bilan birga, Rossiyaning «Vedomosti» nashri 2023 yil birinchi yarmida Qozog‘iston O‘zbekistonga neft yetkazib berish hajmini pasaytirgani, bunga nisbatan arzonroq Rossiya nefti eksporti sabab bo‘lgani haqida yozgan edi.
Mavzuga oid
21:03 / 19.11.2024
Rossiyada dollar yil boshidan beri birinchi marta 100 rubldan oshdi
18:44 / 19.11.2024
Ukraina ATACMS raketalari bilan Rossiya hududiga birinchi zarbani berdi
16:48 / 19.11.2024
Rossiyada yadroviy portlashdan himoyalovchi mobil boshpanalarni seriyali ishlab chiqarish boshlandi
13:31 / 19.11.2024