Jahon | 14:17 / 11.10.2023
25383
5 daqiqa o‘qiladi

Yaqin Sharqdagi urush davom etmoqda. Fotosuratlar

Yangi Falastin-Isroil urushi beshinchi kundirki davom etmoqda. Isroil mudofaa armiyasi 7 oktyabrdan buyon HAMAS hujumiga javoban G‘azo sektorini o‘qqa tutishni davom ettirmoqda. HAMAS ham Isroil shaharlarini o‘qqa tutishni kanda qilmayapti. Ikki tomondan qurbonlar soni ikki mingdan oshgan (1200 dan ortiq isroillik va 900 ga yaqin falastinlik). G‘azo sektorida yashovchi 260 ming kishi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan. HAMAS a’zolari garovga olgan yuzdan ortiq isroillikning taqdiri mavhum bo‘lib qolmoqda.

Yaqin Sharqdagi urushning 4-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Isroilda HAMAS harakati hujumi va raketa zarbalari oqibatida halok bo‘lganlar soni 1,2 ming kishidan oshdi, 3 mingga yaqin kishi yaralangan.
  • Isroilning G‘azo sektoriga havo zarbalari oqibatida 900 ga yaqin falastinlik halok bo‘lgan, shundan yarmi ayollar va bolalar. 4,5 mingga yaqin kishi yaralangan.
  • 10 oktyabr kuni isroillik harbiylar G‘azo sektori bilan chegara hududlar ustidan to‘liq nazorat o‘rnatilgani va minalashtirilganini ma’lum qildi. Isroil hududidan HAMAS a’zolari bo‘lgan 1500 kishining jasadi topilgan.
  • AQSh prezidenti Jo Bayden Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan telefon muloqoti chog‘ida G‘azo sektorida tinch aholi orasidagi qurbonlar sonini  minimumga tushirishga chaqirdi, deb xabar berdi NBC News Amerika prezidenti ma’muriyatiga asoslanib.
  • Isroil mudofaa armiyasi (TsAHAL) HAMAS harakati harbiy qanoti qo‘mondoni Muhammad ad-Deyfning G‘azo sektoridagi uyiga zarba berdi. Natijada uning ukasi halok bo‘lgan; Jerusalem Post yozishicha, qo‘mondonning boshqa oila a’zolari ham halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
  • Suriya va Livan hududidan turib ham Isroilga raketa zarbalari yo‘llanmoqda. TsAHALdagilar Livandan qilinayotgan hujumlar ortida «Hizbulloh» turganini ma’lum qilishgan, Suriyadan turib kim o‘t ochayotgani noma’lum. Shuningdek, isroilliklarning Livan bilan chegara hududidagi pozitsiyalari tankka qarshi raketalar bilan o‘qqa tutilmoqda, Isroil javob zarbalari bermoqda.
  • Isroil va HAMAS o‘rtasida mojaro boshlanganidan buyon G‘azo sektorida qariyb 264 ming falastinlik uylarini tark etishga majbur bo‘lgan, deyiladi BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqarmasi hisobotida.
  • AQShning «Jyerald Ford» aviatashuvchisi zarbdor guruh bilan O‘rta Yer dengizi sharqiy qismiga, Isroilga yaqin hududga joylashtirildi. AQShdan Isroil uchun o‘q-dori ortilgan ilk samolyot uchib kelgan.

Isroil va G‘azo sektorida ro‘y bergan so‘nggi voqealar — fotosuratlarda.

Ashkelondagi bombapanagohda tunayotgan kishilar — bu Isroilning G‘azo sektori bilan chegaraga eng yaqin joylashgan yirik shahri
Violeta Santos Moura / Reuters / Scanpix / LETA
G‘azo sektoriga yaqin aholi yashash manzillaridan evakuatsiya qilingan isroilliklar insonparvarlik yordamlari olishmoqda
Gil Cohen-Magen / AFP / Scanpix / LETA
Isroillik askarlar G‘azo sektori bilan chegaradan taxminan besh kilometr masofada joylashgan Kfar-Aza kibutsi hududidagi pozitsiyalarni egallamoqda
Thomas Coex / AFP / Scanpix / LETA
TsAHALning G‘azo sektori bilan chegara hududidagi artilleriya bo‘linmasi
Atef Safadi / EPA / Scanpix / LETA
TsAHAL askarlari Kfar-Aza kibutsidagi jasadlarni yig‘moqda. The Times of Israel ma’lumotiga ko‘ra, ushbu aholi yashash manzilida yashovchi 70 ga yaqin kishi o‘ldirilgan.
Ilia Yefimovich /dpa / Scanpix / LETA
Kfar-Aza kibutsida halok bo‘lganlardan biri
Ronen Zvulun / Reuters / Scanpix / LETA
Isroilning Netivot shahridagi uylardan birida HAMAS a’zolari bosqini oqibatlari
Ilan Rosenberg / Reuters / Scanpix / LETA
Ishtirokchilariga HAMAS a’zolari hujum qilgan Universo Paralello musiqa festivali o‘tkazilgan hudud. Bu yerda kamida 260 kishi o‘ldirilgan
Jack Guez / AFP / Scanpix / LETA
Universo Paralello festivali o‘tkazilgan joyda o‘t qo‘yib yuborilgan mashinalar
Jack Guez / AFP / Scanpix / LETA
G‘azoda Isroil armiyasi aviazarbalari oqibatlari
Belal Al Sabbagh / AFP / Scanpix / LETA
G‘azoning Rimal tumani hududidagi vayronalar
Mohammed Abed / AFP / Scanpix / LETA
G‘azo sektori janubidagi Xan-Yunis shahrida xarobalarni tozalash ishlari
Said Khatib / AFP / Scanpix / LETA
Falastinlik oila G‘azo o‘qqa tutilgan tundan keyin nisbatan xavfsizroq joyga ketishga harakat qilmoqda
Mahmud Hams / AFP / Scanpix / LETA
G‘azoda TsAHAL aviazarbalari oqibatida vayron qilingan masjid
Hatem Moussa / AP / Scanpix / LETA
Isroillik harbiylarning zarbalari oqibatida halok bo‘lgan ikki falastinlik jasadi
Mohammed Abed / AFP / Scanpix / LETA
Ashkelonda yashovchi kishi deraza siniqlaridan jarohatlangan qo‘liga qaramoqda. U yashovchi uy G‘azo sektoridan yo‘llangan raketa zarbasi vaqtida shikastlangan.
Violeta Santos Moura / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid