Jahon | 14:51 / 12.10.2023
20889
8 daqiqa o‘qiladi

Baxmut atrofida janglar yana faollashdi. Frontning ikki tomonidan suratlar

Ukrainada urushning 595-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Nikopol Rossiya harbiylari tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lib, ikki kishi yaralangan.
  • Tixon Shevkunov (uni «Putinning ruhoniysi» deb atashadi) anneksiya qilingan Qrimda tashkil etilgan mitropoliya rahbari etib tayinlandi.
  • AQSh Ukrainaga 200 million dollar miqdoridagi yangi harbiy yordam paketini ajratdi.
  • Volodimir Zelenskiy Bryusselga tashrif bilan bordi. NATO shtab-kvartirasidagi uchrashuv oldidan u dunyo yetakchilarini Isroilga borishga chaqirdi va Rossiyaning Ukrainaga bosqinining ilk kunlarini esladi.
  • Belgiya Rossiyaning muzlatilgan aktivlari foydasini Ukraina foydasiga ishlatgan ilk mamlakat bo‘ldi. Shuningdek, ushbu davlat Ukrainaga 2025 yilda F-16 qiruvchi samolyotlari yetkazib berishni va’da qildi.
  • Ukraina xavfsizlik xizmati Xarkiv oblastida yashovchi ikki kishini rossiyaliklarning Groza qishlog‘iga raketa zarbasi uchun nishon belgilab berishda aybladi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kafedagi portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 55 kishiga yetgan.
  • Ukraina QK bosh shtabi Rossiya qo‘shini Donetsk oblastida Avdiyivka va Pervomaysk hududlarida faollashgani haqida xabar berdi.

Nikopol o‘qqa tutilishi

11 oktyabr kuni Rossiya qo‘shini Dnipropetrovsk oblasti Nikopol shahriga og‘ir artilleriyadan uch bor zarba yo‘lladi. Region rahbari Sergey Lisak ma’lumotiga ko‘ra, hujum oqibatida mahalliy gimnaziya binosi vayron bo‘lgan. To‘rt kishi xarobalar ostida qolib halok bo‘lgan, ikki kishi yaralangan.

Rossiyaning Nikopol bo‘ylab zarbasidan keyin xarobalarni tozalayotgan qutqaruvchilar
Ukraina FVDX / AFP / Scanpix / LETA

Dniproda og‘ir yaralangan askarlar uchun hospital

Ukrainalik yarador askar jonlantirish bo‘limiga olib kirilishi
Chris McGrath / Getty Images
Ukrainalik 31 yoshli jangchi, oskolkadan jarohatlangan Vadim shifoxona koykasida
Chris McGrath / Getty Images
Shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limida yarador ukrainalik askarga yordam ko‘rsatayotgan shifokorlar
Chris McGrath / Getty Images
Boshidan yaralangan Ukraina QK jangchisi shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limida navbat kutmoqda
Chris McGrath / Getty Images

Volodimir Zelenskiy videoaloqa orqali XVJ sammitida qatnashdi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Marokashning Marrakesh shahrida Xalqaro valuta jamg‘armasi va Jahon bankining bir stol atrofidagi har yilgi yig‘ilishida videoaloqa orqali ishtirok etdi. U Ukrainaga ko‘rsatilayotgan yordam uchun  xalqaro hamjamiyatga minnatdorchilik bildirgan.

Hollie Adams / Bloomberg / Getty Images

Baxmut atrofidagi ukrain artilleriyachilari 

Ukrainalik askar jangovar topshiriq oldidan 9K55 «Grad-1» baravar o‘t ochish reaktiv tizimida
Roman Chop / Global Images Ukraine / Getty Images
Ukrainalik harbiylar rossiyaliklarning pozitsiyalariga 9K55 «Grad-1» baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan zarba berish uchun mo‘ljal olmoqda
Roman Chop / Global Images Ukraine / Getty Images
Ukrainaning 9K55 «Grad-1» baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan rossiyaliklar pozitsiyalariga o‘t ochilishi
Roman Chop / Global Images Ukraine / Getty Images

Baxmut yaqinidagi rossiyalik sapyorlar

RF armiyasining minalarga qarshi xalqaro markazi sapyorlari elektr uzatish liniyasi yaqinidagi uchastkani minalardan tozalashdan oldin instruktorni tinglamoqda. Bu ixtisoslashtirilgan muhandislik qo‘shinlari bo‘linmasi Rossiya harbiylarining Rossiyadan tashqaridagi gumanitar minalardan tozalash amaliyotlarida ishtirok etishi uchun tuzilgan
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Rossiyalik harbiylar elektr uzatish liniyalari yaqinida minalardan tozalash ishlarini amalga oshirmoqda
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Elektr uzatish liniyalari o‘tgan uchastkani minalardan tozalash vaqtida nazorat ostidagi portlash amalga oshirilishi
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA

Avdiyivka uchun jang. Donetsk tomondan ko‘rinish

Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi 11 oktyabr kuni tongida o‘tgan kun davomida Rossiya qo‘shini Avdiyivka yo‘nalishida faol hujum boshlagani haqida xabar berdi. Hisobotda aytilishicha, ukrainalik harbiylar barcha hujumlarni qaytargan va «oldingi marralar va pozitsiyalar boy berilishiga yo‘l qo‘ymagan».

Shu kuni RF tomoni ham rossiyalik harbiylar «Avdiyivka hududida oldingi chiziq bo‘yicha vaziyatni yaxshilagani» haqida ma’lum qildi.

Avdiyivka yo‘nalishida ko‘tarilgan tutun
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Grozada halok bo‘lganlarning jasadlari Xarkivdagi o‘likxonaga olib kelinishi 

Sudmedekspertlar Grozada halok bo‘lganlarning jasadlarini dafn etish uchun qarindoshlariga topshirmoqda. 5 oktyabr kuni Rossiya raketa zarbasi oqibatida qishloqda 55 kishi halok bo‘lgandi
Vyacheslav Madiyevskyy / Ukrinform / SIPA / Scanpix / LETA
Vyacheslav Madiyevskyy / Reuters / Scanpix / LETA
Sudmedekspertlar jasadlarni ko‘zdan kechirmoqda
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Shaxsi tasdiqlangan jasadlar qarindoshlari tomonidan olib ketilmoqda
Vyacheslav Madiyevskyy / Ukrinform / SIPA / Scanpix / LETA

Odessada kundalik hayot 

Beaver, Ability va DSM Ererton yuk kemalari Ukraina harbiy-dengiz kuchlari tomonidan nazorat qilinayotgan vaqtinchalik yo‘lak orqali Odessa portiga yetib keldi
Yulii Zozulia / Ukrinform / ddp / Vida Press
Odessa dengiz akademiyasida bitiruv kechasi
Svet Jacqueline / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Duma maydonidagi Odessa meriyasi oldidagi namoyishchilar budjet mablag‘lari maqsadsiz sarflanishiga qarshi chiqishmoqda. Ularning fikricha, pullar ikkinchi darajali xarajatlar - sud binosini ta’mirlash yoki yangi yil archasini sotib olish uchun emas, faqat Ukraina qurolli kuchlari ehtiyojlari uchun yo‘naltirilishi kerak.
Viacheslav Onyshchenko / SOPA Images / LightRocket / Getty Images
Primorsk bulvaridagi beton barrikadalar oldida skeytbordda uchayotgan o‘smirlar
Viacheslav Onyshchenko / Global Images Ukraine / Getty Images
Hersog de Rishele uchun o‘rnatilgan yodgorlik qum to‘ldirilgan qoplar bilan o‘rab qo‘yilgan
Maxym Marusenko / NurPhoto / Shutterstock / Vida Press
Keng ko‘lamli bosqin boshlanganida shaharliklar uchun Potemkin zinalari va uning ro‘parasidagi haykal oldiga o‘tish yo‘li yopilgan
Viacheslav Onyshchenko / SOPA Images / LightRocket / Getty Images
Primorsk bulvaridagi Potemkin zinapoyasiga qarayotgan odessaliklar. Zinapoya shahardan dengiz tomonga rasman o‘tish yo‘li sanaladi, bu Odessaning mashhur ramzlaridan biri. Ro‘parada — rossiyaliklarning sentabr oyi oxiridagi dron hujumlaridan shikastlangan Dengiz vokzali binosi joylashgan
Viacheslav Onyshchenko / SOPA Images / LightRocket / Getty Images

Mavzuga oid