Bishkekda MDH tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisi boshlandi
Kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuv oldidan vazirlar tor doirada uchrashdi.
Bishkekda Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev raisligida MDH tashqi ishlar vazirlari kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi boshlandi.
Kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuv oldidan vazirlar tor doirada uchrashdi.
Yig‘ilishda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari xalqaro kun tartibi va hamdo‘stlik formatidagi o‘zaro hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashadi, shuningdek, MDH davlat rahbarlari kengashi va hukumat rahbarlari kengashi majlislariga kiritilgan qarorlar loyihalarini ko‘rib chiqadi.
Ishtirokchilar, shuningdek, MDH tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi yig‘ilishini 2024 yil aprel oyida Minskda o‘tkazish masalasini ham ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
22:23 / 20.08.2024
Lukashenko MDH davlatlarini Rossiyaga nisbatan xudbinlikda aybladi
18:02 / 10.08.2024
TezJet aviakompaniyasi Bishkekdan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
21:31 / 23.07.2024
Qirg‘iziston poytaxtiga avtomobilda kirish pullik bo‘lishi mumkin
08:50 / 03.07.2024