G‘azo sektorida BMT Falastin qochqinlar agentligining 11 nafar xodimi halok bo‘ldi
Isroil-Falastin mojarosi oqibatida 2 mingdan ortiq odam qurbon bo‘ldi.
Isroil armiyasining G‘azo sektoriga havodan bergan zarbalari oqibatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligining (UNRWA) 11 nafar xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi tashkilot bayonotiga asoslanib xabar berdi.
Halok bo‘lganlarning besh nafari o‘qituvchi, uch nafari yordamchi xodim, qolganlari ginekolog, muhandis, psixolog ekani aytilmoqda.
«Ba’zilar o‘z uyida oilalari bilan halok bo‘ldi. UNRWA qurbonlar yaqinlariga hamdardlik bildiradi», deyiladi tashkilot xabarida.
O‘z navbatida, Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Jamiyatlari Federatsiyasi (IFRC) o‘zining besh a’zosi – to‘rt nafari G‘azoda va bir nafari Isroilda halok bo‘lganini ma’lum qildi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, HAMAS hujumi oqibatida 1200 nafardan ortiq isroillik halok bo‘lgan. Falastin tomoni Isroil zarbalari oqibatida 1100 nafardan ortiq qurbonlar haqida xabar berdi.
Mavzuga oid
21:10
Turkiya Isroil prezidentining samolyotini o‘z havo hududiga kiritmadi - OAV
20:12
Isroil zarbasi oqibatida «Hizbulloh» matbuot kotibi halok bo‘ldi
20:40 / 16.11.2024
HRW Isroilni G‘azo sektoridagi falastinliklarni majburan ko‘chirganlikda aybladi
09:20 / 16.11.2024