Jahon | 15:02 / 13.10.2023
39498
7 daqiqa o‘qiladi

G‘azo sektori qamalda va tinimsiz o‘qqa tutilmoqda. Fotosuratlar

Isroil mudofaa armiyasi harbiy obektlar sifatida HAMASning infratuzilmalariga ham, harakat yetakchilarining uylariga ham zarba berayotganini ma’lum qilgan - har kecha yuzlab nishonlarga zarba berilmoqda. Hujum qilishdan oldin TsAHAL tinch aholi vakillarini bombardimon qilinadigan hududlarni tark etishga chaqirmoqda. Shu bilan birga, G‘azo sektori aholisini Isroil ham, u bilan janubda chegaradosh bo‘lgan Misr ham o‘z hududiga kiritmayapti.

HAMAS–Isroil mojarosi, yettinchi kun. So‘nggi ma’lumotlar:

  • Isroil mudofaa armiyasi G‘azo aholisini «o‘z xavfsizligi» uchun sektor janubiga evakuatsiya bo‘lishga chaqirdi. BMTdagilar 24 soat ichida hududdagi bir milliondan ortiq kishini evakuatsiya qilish imkonsiz ekanini ma’lum qildi. HAMAS esa aholini uylarini tark etmaslikka chaqirgan.  
  • 13 oktyabrga o‘tar kechasi isroillik harbiylar G‘azo sektoridagi 750 dan ortiq nishonlarga — jumladan HAMASning yuqori martabali a’zolarining uylariga, yerosti tunnellariga va qurol omborlariga zarba yo‘lladi. Falastin tomoni aviazarbalar oqibatida garovdagilarning 13 nafari halok bo‘lganini ma’lum qilgan. 
  • Falastin sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni 1537 nafarga yetgan, 6612 kishi yaralangan. Isroilda qurbonlar soni 1300 dan oshgan, 3300 kishi yaralangan. 
  • AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin isroillik hamkasbi Yoav Gallant va bosh vazir Binyami Netanyahu bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Isroilga keldi. AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken esa qirol Abdulloh II va Falastin muxtoriyati rahbari Mahmud Abbos bilan uchrashuvlar o‘tkazish uchun Iordaniyaga yo‘l olgan. 
  • Isroilning Pekindagi elchixonasiga hujum uyushtirildi. Diplomat shifoxonaga yotqizilgan, uning holati barqaror ekani aytilmoqda. Avvalroq HAMAS juma kuni Falastinni qo‘llab-quvvatlash uchun ommaviy aksiyalar o‘tkazishga chaqirgandi. Bu chaqiriqlar fonida Isroil TIV xorijdagi fuqarolarini ogohlikka chaqirgandi. 
  • The Washington Post ma’lumotiga ko‘ra, HAMAS a’zolari G‘azo sektoriga kamida 64 kishini olib ketgan, shundan faqat 11 kishi harbiy bo‘lishi mumkin. 
  • Human Righs Watch tashkiloti isroillik harbiylar Livan va G‘azo sektoriga hujumlarda oq fosforli snaryadlar qo‘llagani haqida ma’lum qildi. 

Quyida shu kunlarda G‘azo sektorida nimalar bo‘layotgani aks etgan tasvirlar. 

Isroilning 12 oktyabr kungi aviazarbasidan keyin G‘azo ustida ko‘tarilgan tutun. G‘azo sektorini bombardimon qilish HAMAS a’zolarining Isroilga 7 oktyabr kungi hujumiga javoban amalga oshirildi. TsAHAL zarbalar nishoni jangarilar foydalanadigan obektlar bo‘layotganini ma’lum qilgan. Isroil harbiylari ularni bombalashini qiyinlashtirish uchun HAMAS o‘z harbiy obektlarini aholi yashash uylari yaqiniga joylashtirgan.
Ibrahahim Hams / AFP / Scanpix / LETA
G‘azo sektori shimolidagi Jabaliya shahridagi vayrongarchiliklar, 2023 yil 11 oktyabr. Bu HAMAS qal’alaridan biri hisoblanadi.
Hatem Moussa / AP / Scanpix / LETA
G‘azo aholisi otishmalar vaqtida yaralangan ayolni olib ketmoqda. 2023 yil 12 oktyabr
Ismael Mohamad / UPI / Shutterstock / Vida Press
G‘azo sektori janubidagi Rafah shahridagi bolalar, 2023 yil 12 oktyabr. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, isroilliklarning aviazarbalari oqibatida 338 mingdan ortiq falastinliklar o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lishgan
Said Khatib / AFP / Scanpix / LETA
Misr bilan chegara yaqinidagi Rafahga yo‘llangan aviazarbadan keyin yaradorlarni evakuatsiya qilayotgan falastinliklar. 12 oktyabr
Hatem Ali / AP / Scanpix / LETA
Rafah aholisi isroilliklar aviazarbasidan keyin omon qolganlarni izlamoqda. 2023 yil 12 oktyabr
Hatem Ali / AP / Scanpix / LETA
G‘azo sektori janubidagi Xan-Yunis shahrida vayron bo‘lgan bino xarobalari ostidan omon qolganlarni qidirish jarayoni. 11 oktyabr
Wang Dongzhen / Xinhua / ZUMA Press / Scanpix / LETA
G‘azo sektori shimoliy qismida, O‘rta Yer dengizi sohilida joylashgan Al-Shatidagi qochqinlik lagerida xarobalarni tozalash va omon qolganlarni qidirish ishlari. 2023 yil 12 oktyabr
Fatima Shbair / AP / Scanpix / LETA
Al-Shati. 2023 yil 12 oktyabr
Ashraf Amra / Anadolu / Vida Press
Isroilning G‘azo sektorini o‘qqa tutishi oqibatida halok bo‘lgan farzandini olib ketayotgan falastinlik. 2023 yil 12 oktyabr
Mohammed Salem / Reuters / Scanpix / LETA
G‘azo sektoridagi eng yirik Al-Shifo shifoxonasida yarador bolakay. 2023 yil 11 oktyabr
Ali Mahmoud / AP / Scanpix / LETA
Shifo shifoxonasidagi yarador bolalar. 2023 yil 11 oktyabr
Ali Mahmoud / AP / Scanpix / LETA
G‘azo o‘qqa tutilishi vaqtida halok bo‘lgan bola jasadini ko‘tarib o‘tirgan falastinlik. 2023 yil 12 oktyabr
Mohammed Talatene / dpa / Scanpix / LETA
G‘azo hospitalida jonsiz qiziga aza tutayotgan ayol, 2023 yil 9 oktyabr. TsAHAL HAMAS hujumiga javoban 9 oktyabrga o‘tar kechasi G‘azo sektoridagi 500 dan ortiq nishonga zarba yo‘llaganini ma’lum qilgan. Falastin ma’muriyati o‘sha kechada aviazarbalar oqibatida G‘azoda yashab kelgan 500 dan ortiq kishi halok bo‘lgani, shundan 91 nafari bolalar bo‘lganini ma’lum qilgan.
Haitham Imad / EPA / Scanpix / LETA
G‘azodagi Al-Shifo shifoxonasidagi o‘likxona. 2023 yil 12 oktyabr
Mahmud Hams / AFP / Scanpix / LETA
Falastinliklar G‘azo shahridagi Al-Shifo shifoxonasi o‘likxonasidan o‘z qarindoshlari jasadlarini izlamoqda. 2023 yil 12 oktyabr
Mohammed Abed / AFP / Scanpix / LETA
 G‘azo bo‘ylab 11 oktyabr kuni yo‘llangan aviazarba oqibatlari. Isroil armiyasi harbiy obektlardan tashqari HAMASning yuqori martabali a’zolarining uylarini ham nishonga olmoqda.
Fatima Shbair / AP / Scanpix / LETA
Rafahdagi uyi xarobalarida o‘z farzandlari bilan o‘tirgan falastinlik. 2023 yil 12 oktyabr
Said Khatib / AFP / Scanpix / LETA
Falastinlik o‘smir Al-Shifo shifoxonasidagi boshpanada. 2023 yil 12 oktyabr
Mohammed Salem / Reuters / Scanpix / LETA
G‘azodagi falastinlik o‘smirlar suv g‘amlamoqda. Isroil hukumati HAMAS o‘z qo‘lidagi garovlarni qo‘yib yubormagunicha, falastinliklarga insonparvarlik yordami ko‘rsatilmasligini ma’lum qilgan. Qamal tufayli G‘azo sektoriga ichimlik suvi, elektr va yonilg‘i yetkazib berilishi to‘xtatilgan.
Mohammed Abed / AFP / Scanpix / LETA
Isroil aviazarbalaridan saqlanish uchun o‘z uylarini tark etayotgan falastinliklar. G‘azo sektorida ikki million atrofida odam yashaydi. Lekin falastinlik qochqinlarni Isroil ham, sektor bilan janubda chegaradosh bo‘lgan Misr ham qabul qilmayapti.
Abed Rahim Khatib / dpa / Scanpix / LETA
G‘azo shahri chekkasidagi Al-Tufa tumanidagi masjid minorasi ortida qora tutun. 2023 yil 11 oktyabr
Mohammed Saber / EPA / Scanpix / LETA

Mavzuga oid