Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi quruqlik operatsiyasi qachon boshlanishini ma’lum qildi
Harbiy operatsiya «hududda tinch aholi bilan bog‘liq vaziyatga baho berilganidan so‘ng» boshlanadi.
Isroil mudofaa kuchlari (TsAXAL) matbuot kotibi Jonatan Konrikus G‘azo sektoridagi quruqlik operatsiyasi qachon boshlanishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, HAMAS a’zolariga qarshi harbiy operatsiya «hududda tinch aholi bilan bog‘liq vaziyatga baho berilganidan so‘ng» boshlanadi.
Konrikusning ta’kidlashicha, HAMAS G‘azo sektori aholisini janubga ko‘chib o‘tishiga to‘sqinlik qilib, ularni «tirik qalqon»ga aylantirmoqda. Bu tegishli xabarlarni yuborish, blokpostlarni qo‘yish va ularning yo‘nalishi bo‘ylab to‘siqlarni yaratish orqali amalga oshirilmoqda.
Qayd etilishicha, TsAXAL hududda qancha tinch aholi qolayotgani va ularning qanchasiga HAMAS to‘sqinlik qilayotganini tushunib olishi kerak. Janubga ko‘chgan G‘azo aholisi TsAXAL hududni «xavfsiz deb e’lon qilgan» taqdirda orqaga qaytishi mumkin. Konrikus ularni «aql bilan ish tutib, xavfli hududdan chiqishga» chaqirdi.
Avvalroq, Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektori aholisini 14 oktyabr kuni kechqurungacha tasdiqlangan ikkita yo‘nalish bo‘ylab janubga ko‘chib o‘tishga chaqirgan edi. Bir kun avval TsAXAL G‘azo sektorining shimoliy qismi aholisini ertalab janubga ko‘chib o‘tishga chaqirgan va buning uchun 24 soat muhlat berdi. Inson huquqlari va insonparvarlik tashkilotlari buni qisqa vaqt ichida amalga oshirish mumkin emasligini aytishdi. G‘azo sektorida taxminan 1,5 mln kishi istiqomat qiladi.
Mavzuga oid
20:40 / 16.11.2024
HRW Isroilni G‘azo sektoridagi falastinliklarni majburan ko‘chirganlikda aybladi
09:20 / 16.11.2024
Yevropada yakkalanayotgan Isroil futboli
20:37 / 15.11.2024
Isroil Erondagi maxfiy yadro laboratoriyasini yo‘q qildi - OAV
08:08 / 14.11.2024