TsSKA klubining o‘zbekistonlik futbolchisi mashg‘ulotga 30 kg palov buyurtma qildi
Rossiyaning TsSKA klubi a’zosi Ivan Oblyakov jamoadoshi, o‘zbekistonlik Abbosbek Fayzullayev barchani palov bilan mehmon qilganini aytdi.
TsSKA futbol klubi yetakchilaridan biri Ivan Oblyakov o‘zbekistonlik Abbosbek Fayzullayevni jamoa qanday qabul qilgani haqida gapirib berdi. Yosh legioner sentabr oyida «armiyachi»larning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.
— Uni qanday kutib olishdi? Iste’dodni darhol payqadingizmi?
— Birinchi mashg‘ulotlardan buni aytish qiyin edi va unga vaqt kerak edi. Keyin u moslashdi, biz uni yaxshi qabul qildik, u bilan muloqot qilamiz, u yaxshi yigit. Uning yaxshi fazilatlari bor, hayotda kamtarin, lekin futbol maydonida uning ko‘p harakat qilayotganini, mehnat qilayotganini ko‘rish mumkin. Va u jamoaga yordam bermoqda, albatta.
— Mashg‘ulotlardan biriga 30 kilogramm o‘zbek palovini olib kelgani rostmi?
— Ha, yaqinda shunday bo‘ldi. Biz mashg‘ulot o‘tkazayotgan edik, u qayerdandir palov buyurdi. Bitta katta qozonda palov olib kelishdi, shuning uchun hammamiz mazali tushlik qildik.
Abbosbek Fayzullayev shu yilning avgust oyida Rossiya chempionatiga ko‘chib o‘tdi. U «Paxtakor» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 19 yoshli yarimhimoyachi transferi uchun TsSKA klubi «Paxtakor»ga 500 ming yevro to‘lashi xabar qilindi. Fayzullayev TsSKA bilan «3+1» ko‘rinishida shartnoma imzoladi.
TsSKA klubidagi faoliyati davomida Fayzullayev «Rostov» darvozasiga gol urdi, «Krilya Sovetov»ga qarshi o‘yinda Fyodor Chalovga golli uzatma berdi.
Mavzuga oid
19:48 / 10.09.2024
Xitoyda 43 futbolchi kelishilgan o‘yinlar uchun umrbod diskvalifikatsiya qilindi
20:41 / 21.06.2024
Italiyada «Oltin to‘p» sovrindori Roberto Badjo uyiga qaroqchilar bostirib kirdi
19:12 / 21.06.2024
Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchilari ro‘yxati tuzildi
21:43 / 05.06.2024