Jahon | 13:58 / 15.10.2023
15586
6 daqiqa o‘qiladi

Chernihivdagi vayronalar va Donbassdagi rus artilleriyachilari. Urush suratlari

Ukrainada urushning 598-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Qrim ko‘prigi faoliyati to‘liq tiklandi, deb xabar berdi RF vitse-premeri Marat Xusnullin. Keng ko‘lamli urush boshlanganidan buyon Qrim ko‘prigida ikki portlash ro‘y bergan — 2022 yil 8 oktyabr va 2023 yil 17 iyul kunlarida. Portlashlar Ukraina xavfsizlik xizmati tomonidan uyushtirilgan.
  • Sochi yaqinida, Qora dengiz hududida ikki dron urib tushirildi. Shahar hududida vayrongarchiliklar va jabrlanganlar bo‘lmagan.
  • Qo‘shma Shtatlar birinchi marta Shimoliy Koreyani Rossiyaga qurol yetkazib berishda to‘g‘ridan to‘g‘ri aybladi. Oq uy ma’lumotiga ko‘ra, 7 sentabrdan 1 oktyabrga qadar Rossiya bayrog‘i ostida suzgan kemalar KXDR o‘q-dorilari yuklangan mingdan ortiq konteynerni Rossiya portiga olib kelgan, yuklar bu yerdan Rossiya harbiy omborlariga olib ketilgan.
  • Rossiya armiyasi sharqiy frontning bir necha uchastkalarida, birinchi navbatda — Avdiyivka hududida intensiv hujum qilishda davom etmoqda. Ikki tomondan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, Rossiya qo‘shini so‘nggi kunlarda artilleriya va aviatsiyadan yoppasiga zarbalar yo‘llagan va Avdiyivkadagi ukrain guruhini qurshab olish maqsadi doirasida shimoliy qanotda bir necha yuz metrga ilgarilagan, ammo hozircha front chizig‘ida jiddiy o‘zgarish kuzatilmayapti. Rossiyalik harbiylar Avdiyivkadan tashqari shimoldagi Kupyansk atrofida va janubdagi Maryinka hududida faol hujum qilmoqda.
  • Ukraina harbiylari va g‘arb razvedkasi Zaporijjya oblastining Tokmak shahrini Ukraina qurolli kuchlarining yaqin haftalardagi yurishi uchun real maqsad deb hisoblashmoqda.
  • Kongress AQShga bir vaqtning o‘zida Xitoy va Rossiyaga qarshi kechadigan urushga tayyorlanishni tavsiya qildi.

Izmayil o‘qqa tutilishi oqibatlari

Dunay daryosi yoqasidagi port shahar bo‘lmish Izmayilda yashovchi ayol rossiyaliklarning 12 oktyabrga o‘tar kechasi yo‘llagan zarbasidan shikastlangan uyi oldida. Hujum vaqtida bir keksa ayol yaralangan, qurbonlar yo‘q.
Nina Liashonok / Reuters / Scanpix / LETA
Izmayilda yashovchi kishi ko‘tarma platformada rossiyaliklar zarbasi vaqtida shikastlangan elektr uzatish liniyasini ta’mirlamoqda. Izmayil — Odessa oblasti janubida, Ruminiya bilan chegara yaqinida, Dunay daryosi yoqasidagi port shahar hisoblanadi. RF armiyasi Izmayil port infratuzilmasini 12 oktyabrgacha ham o‘qqa tutgandi. 
Nina Lyashonok / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Izmayil aholisi vakili singan derazani plyonka bilan yopmoqda
Nina Lyashonok / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Rossiyaliklarning 12 oktyabr kungi hujumi vaqtida zarbaga yo‘liqqan avtomobil
Nina Lyashonok / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Chernihivdagi hayot

Chernihiv keng ko‘lamli bosqinning ilk kunlaridanoq rossiyaliklar tomonidan o‘qqa tutilgan. The New Yorker ma’lumotiga ko‘ra, urush boshida shaharda kuniga o‘rtacha 50 kishi halok bo‘lgan. Chernihiv aholisining taxminan uchdan ikki qismi 23 martga qadar shaharni tark etgandi — o‘sha kuni so‘nggi ko‘prik buzib tashlangan va evakuatsiya to‘xtagandi. Mer Vladislav Atroshenkoning so‘zlariga ko‘ra, shaharning ayrim rayonlari 70 foizga vayron bo‘lgan.

Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
Chernihiv radio qurilmalar zavodining shikastlangan korpusi ko‘rinishi
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
Strijyen daryosidagi vayron bo‘lgan ko‘prik yonidagi vaqtincha o‘tish yo‘li
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press

Front yaqinidagi Velika Novosilka hayoti

Okkupatsiya ostidagi Donetsk shahridan 75 kilometr janubi-g‘arbdagi Velika Novosilka posyolkasidagi shikastlangan turar joy. Ukraina QKning yozgi qarshi hujumiga qadar posyolka front chizig‘idan atigi bir kilometr narida edi. Hozirda bu yerdan front chizig‘iga qadar masofa — 8–9 kilometrga yetgan
Kateryna Klochko / EPA / Scanpix / LETA
72 yoshli Irina 75 yoshli turmush o‘rtog‘i Petroga qaramoqda. Ular bir yildan buyon otishmalardan saqlanish uchun yerto‘lada yashamoqda
Kateryna Klochko / EPA / Scanpix / LETA
Velika Novosilkadagi ko‘p qavatli uylardan biridagi kvartira
Kateryna Klochko / EPA / Scanpix / LETA
72 yoshli Nadya o‘z uyi yerto‘lasiga o‘tin yig‘moqda. Keng ko‘lamli bosqinga qadar Velika Novosilkada yetti mingga yaqin kishi yashagan  — hozirda posyolkada bir necha yuz kishi qolgan. Ularning uylarida elektr va ichimlik suv yo‘q.
Kateryna Klochko / EPA / Scanpix / LETA
Velika Novosilkadagi zarbaga uchragan uylardan birining devoridagi yoriqdan qarab turgan ukrainalik harbiy Oleksandr
Kateryna Klochko / EPA / Scanpix / LETA

Donbassdagi rossiyalik artilleriyachilar

Rossiyalik harbiy xizmatchilar Donbassdagi pozitsiyada
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Ukraina pozitsiyalari bo‘ylab zarba yo‘llashga tayyorlanayotgan rossiyalik harbiy xizmatchilar
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Ukraina pozitsiyalari o‘qqa tutilishi
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA

Mavzuga oid