O‘zbekiston | 22:42 / 16.10.2023
20576
1 daqiqa o‘qiladi

Isroilda halok bo‘lganlar O‘zbekiston pasportiga ega emas – elchixona 

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga izoh berdi. 

Foto: Atef Safadi/EPA-EFE/Shutterstock

Isroil-HAMAS qarama-qarshiligi oqibatida O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lmadi. Bu haqda O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi xabar berdi. 

«Isroil Tashqi ishlar vazirligi va politsiyasi bergan ma’lumotga ko‘ra, mamlakat janubida ro‘y bergan terror hujumi vaqtida O‘zbekistonda tug‘ilgan va 90-yillarda repatriatsiya dasturiga muvofiq Isroilga ko‘chib ketgan 5 nafar kishi halok bo‘lgan. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ular amaldagi O‘zbekiston fuqarolik pasportiga ega emas», deyiladi xabarda. 

Avvalroq, Isroil Tashqi ishlar vazirligining rusiyzabon kanali Isroil-Falastin ziddiyati oqibatida O‘zbekistonning 3 nafar fuqarosi halok bo‘lgani, 4 nafari bedarak yo‘qolgani haqida xabar bergan, shu bilan birga, ma’lumotlar aniqlashtirish jarayonida ekanini qo‘shimcha qilgan edi.

Mavzuga oid