O‘zbekiston | 07:28 / 16.10.2023
8731
1 daqiqa o‘qiladi

Isroildagi OTMda tahsil olayotgan talabalar O‘zbekistonga qaytarildi

Xolon texnologiya institutida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar vatanga qaytarildi. Ular o‘qishni onlayn davom ettiradi.

Foto: O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi

15 oktyabr kuni Isroilning Xolon texnologiya institutida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar Toshkentga uchib ketdi. Bu haqda O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ma’lum qildi.
 
Tel-Aviv janubidagi Xolon shahrida joylashgan institut bilan talabalarning O‘zbekistonda o‘qishini onlayn formatda davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi, deyiladi xabarda.

Elchixona talabalarni vatanga jo‘natishda Xolon texnologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Buxoro va Samarqand davlat universitetlari, shuningdek, Uzbekistan Airways vakolatxonasining yordamini ta’kidladi.

Mavzuga oid