TsAXAL: Quruqlikdagi operatsiyani kechiktirish sababi - odamlar evakuatsiyasi
G‘azo sektoridagi operatsiya ob-havo tufayli emas, balki aholining evakuatsiya qilinishi uchun kechiktirilmoqda, deya ma’lum qildi TsAXAL.
Isroilda kuzatilayotgan noqulay ob-havo G‘azo sektorida quruqlikdagi operatsiya rejalariga ta’sir qilmayapti, dedi Isroil mudofaa kuchlari (TsAXAL) matbuot kotibi Are Sharuz Shalikar 15 oktyabr, yakshanba kuni Germaniyaning ARD telekanalida. Uning so‘zlariga ko‘ra, kechikishning asosiy sabablaridan biri Isroilning «G‘azo sektorida ko‘proq tinch aholiga operatsiya rejalashtirilgan shimoliy hududlardan janubga evakuatsiya qilishga ruxsat berish» istagida.
TsAXAL vakili, shuningdek, Misrga G‘azo sektori bilan chegarasida qochqinlarni qabul qilishi uchun bosim o‘tkazishga chaqirdi: «Biz begunohlarga, ayniqsa ayollar, bolalar va qariyalarga zarar yetkazishdan manfaatdor emasmiz». Unga ko‘ra, TsAXALning maqsadi - «7 oktyabrda Isroilga uyushtirgan hujumi uchun HAMASni yo‘q qilish va uni jazolash».
TsAXAL ma’lumotlariga ko‘ra, 15 oktyabr holatiga kamida 600 ming falastinlik G‘azo shahridan janubga evakuatsiya qilingan. Avvalroq Isroil G‘azo sektori shimolidan 1,1 million kishini evakuatsiya qilishga chaqirib, ularni yaqin orada harbiy harakatlar boshlanishidan ogohlantirgan edi.
Falastinliklar G‘azo sektori hududining qisqarishidan xavotirda
Mintaqani nazorat qilayotgan HAMAS guruhi aholidan isroillik harbiylar talablarini bajarmaslikni va yashash joylarini tark etmaslikni so‘rab, buni Isroil tomonidan hududlarni bosib olishga urinishdagi «psixologik urush» elementi ekanini ta’kidlamoqda. Falastinliklarni o‘z shaharlarida qolishga chaqiriqni Misr ham qisman qo‘llab-quvvatlamoqda, u HAMAS hujumlaridan keyin Falastin-Isroil mojarosi avj olgan dastlabki kunlarda G‘azo sektori bilan chegaradagi yagona nazorat-o‘tkazish punktini yopdi.
Isroil HAMAS o‘zining harbiy obektlarini G‘azo sektorida tinch aholi binolari va uylariga yaqin joyda joylashtirish orqali tinch aholidan tirik qalqon sifatida foydalanishiga ishora qilib keladi. Biroq, evakuatsiyaga qarshilar, yashash joylaridan qochib ketgan falastinliklar amaliyot tugaganidan keyin ham qaytishda muammolarga duch kelishi mumkinligidan xavotirda, chunki Isroil harbiylari bu hududlarni nazorat qilishni qayta ko‘rib chiqishi mumkin.
Rasmiy Isroil bunday rejalarni tasdiqlamayapti, biroq mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Gideon Saar 14 oktyabr kuni Isroil televideniyesida operatsiyadan so‘ng Isroil G‘azo sektorining shimoli va sharqida «xavfsizlik zonalari» yaratishi mumkinligini aytdi, ularga kirish taqiqlanadi. Bu haqda Isroilning Haaretz portali Keshet 12 telekanali ko‘rsatuviga tayanib xabar berdi.
Iqtibosga ko‘ra, Saar G‘azo sektoridagi «xavfsiz hududlar» g‘oyasi uning shaxsiy fikri ekanini ta’kidladi. Ammo uning qo‘shimcha qilishicha, TsAXALning HAMASga qarshi operatsiyasi yakunlanishi atrofdagilarga aniq signal berishi kerak – «Isroilga qarshi urush boshlagan har bir kishi o‘z hududlarini yo‘qotishi shart».
TsAXAL jazo muqarrarligiga ishonyapti
7 oktyabr kuni Isroilga uyushtirilgan yirik hujum uchun mas’ul bo‘lgan HAMAS guruhini yo‘q qilish «katta va qiyin maqsad», dedi TsAXAL vakili Shalikar. Biroq u 1972 yilda Myunxenda bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlari vaqtida Isroil jamoasi sportchilariga uyushtirgan fojiali voqeani misol qilib keltirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, keyinchalik ushbu hujumga aloqadorlarning barchasi javobgarlikka tortilgan va Isroilga qilingan hujumlarda ishtirok etganlar bilan ham xuddi shunday bo‘ladi.
Mavzuga oid
20:40 / 16.11.2024
HRW Isroilni G‘azo sektoridagi falastinliklarni majburan ko‘chirganlikda aybladi
09:20 / 16.11.2024
Yevropada yakkalanayotgan Isroil futboli
20:37 / 15.11.2024
Isroil Erondagi maxfiy yadro laboratoriyasini yo‘q qildi - OAV
08:08 / 14.11.2024