Sog‘liqni saqlash kodeksi loyihasi muhokamaga qo‘yildi
Aholi salomatligi bo‘yicha yangi kodeks sog‘liqni saqlash sohasidagi qonunchilik hujjatlarini birlashtirib, qonunosti hujjatlarini qisqartirish va ular o‘rtasida qarama-qarshiliklarni yo‘qotishni maqsad qilgan.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga sog‘liqni saqlash kodeksi loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Kodeks shu paytgacha sog‘liqni saqlash tizimini tartibga soluvchi tarqoq qonunchilik, qonunosti hujjatlarining ko‘pligi va ular o‘rtasida qarama-qarshiliklar, bo‘shliqlarni yo‘qotish maqsadida ishlab chiqilgan.
Taklif qilinayotgan kodeks 21 bob va 199 moddani o‘z ichiga olishi ko‘rsatilgan.
Kodeks yaratilishi sohadagi qonunchilikni tizimlashtirish va kodifikatsiyalash, to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiladigan qonun hujjatini qabul qilish orqali tibbiyot sohasini qonunosti hujjatlari bilan tartibga solish hajmini qisqartirish, sohadagi xalqaro standartlarni va xorijiy mamlakatlarning eng yaxshi amaliyotini implementatsiya qilish zaruratidan paydo bo‘lgan.
Shu bilan birga, sohadagi milliy qonunchilikni takomillashtirish – aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish darajasi va tibbiyot sohasi samaradorligini oshirish, tibbiyot xodimlarining javobgarligini kuchaytirish va himoyalanish darajasini kengaytirishi aytilmoqda.
Mavzuga oid
07:37 / 24.06.2024
Toshkentdagi tibbiyot muassasasida juda ko‘p miqdorda budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi
10:01 / 21.06.2024
Hindistonda milliy tibbiyot imtihoni mojaroga sabab bo‘ldi – savollar oldindan sizdirilgan bo‘lishi mumkin
13:41 / 04.06.2024
O‘zbekiston ekoturistik zonalarida yagona birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi joriy etiladi
08:28 / 04.06.2024