“O‘zbekgidroenergo” AJ va Xitoyning “China Southern Power Grid International” o‘rtasida 1 mlrd dollarga teng kelishuv imzolandi
Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumida ishtirok etayotgan “O‘zbekgidroenergo” AJ mutasaddilari Xitoyning “China Southern Power Grid International” kompaniyasi bilan energetika tizimida istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga kelishib olishdi.
Xitoy Xalq Respublikasi poytaxti Pekin shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumi doirasida “O‘zbekgidroenergo” AJ hamda “China Southern Power Grid International” kompaniyasi o‘rtasida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan quvvati 600 MVt ga teng, umumiy qiymati 1 milliard dollar bo‘lgan “Yuqori Pskem” GAES (gidroakkumulyator elektr stansiyasi) istiqbolli loyihasini birgalikda amalga oshirish bo‘yicha JDA kelishuvi (joint development agreement – birgalikda rivojlantirish shartnomasi) ni imzolashga erishildi.
Tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston energetika vazirlari, “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Fozil Maxmudov hamda “China Southern Power Grid International” kompaniyasi rahbariyati ishtirok etdi.
“O‘zbekgidroenergo” AJ axborot xizmati
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
11:44 / 28.07.2024
“O‘zbekgidroenergo” AJ kredit reytingini O‘zbekiston ishlab chiqaruvchi tashkilotlari orasida TOP uchlikka kiruvchi kredit reytingida saqlab qoldi
18:27 / 28.05.2024
Rossiya O‘zbekistonda ikkita GAES qurmoqchi
15:30 / 25.12.2023
Xonobod mikro GeS foydalanishga topshirildi
16:00 / 19.10.2023