O‘zbekiston | 16:18 / 18.10.2023
26223
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryo viloyatida teplovoz Spark bilan to‘qnashdi

Poyezd yo‘lovchilari jabrlanmagan, avtomobil haydovchisi shifoxonada vafot etgan.

Foto: t.me/uzrailways_uz

18 oktyabr kuni Surxondaryo viloyatidagi temiryo‘l kesishmasida teplovoz Spark avtomashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda «O‘zbekiston temiryo‘llari» AJ axborot xizmati xabar berdi.

YTH Sho‘rchi-Xayrobod uchastkasidagi qo‘riqlanmagan temiryo‘l kesishmasida sodir bo‘lgan. U yerda yo‘l belgilari va signalizatsiya o‘rnatilgan. Poyezd favqulodda tormozlanganiga qaramay, mazkur hodisa ro‘y bergan. Hodisaga avtomashina haydovchisi tomonidan harakatlanish qoidasi qo‘pol ravishda buzilgani sabab bo‘lgani aytilgan.

To‘qnashuv oqibatida teplovoz biroz shikastlangan, poyezd yo‘lovchilari jabrlanmagan. Spark haydovchisi shifoxonaga yetkazilgan va ko‘rsatilgan yordamga qaramay, vafot etgan.

Hozirda huquq-tartibot idoralari voqea yuzasidan tekshiruv olib bormoqda.

Mavzuga oid