AQSh Kongressi Baydenning moliyaviy yordam haqidagi iltimosini ko‘rib chiqishni kechiktirdi
Jo Bayden Kongressga Ukraina va Isroilni qo‘shimcha moliyalashtirish to‘g‘risida so‘rovini yuborgan edi. Biroq, Vakillar palatasida spikerni saylash bilan bog‘liq muammolar prezident so‘rovini ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmoqda.
AQSh Kongressi Vakillar palatasiga yangi spiker saylanmaguncha, prezident Jo Baydenning Ukraina va Isroilga yordam berish uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratish haqidagi so‘roviga oid qonun loyihasini qabul qila olmaydi.
CNN telekanalining ta’kidlashicha, spikersiz palata budjet bo‘yicha muzokara olib borolmaydi va qonunlar qabul qilolmaydi.
21 oktyabr kuni ertalab Vakillar palatasi ovoz berishning uchinchi bosqichidan keyin yana yangi spikerni saylay olmadi. CNN ma’lumotlariga ko‘ra, 194 nafar respublikachi Jim Jordan nomzodini qo‘llab-quvvatlagan. Uning raqibi, demokrat Hakim Jyeffris esa 210 ovoz olgan. Spikerlik lavozimini egallash uchun kamida 217 ovoz to‘plash talab etiladi.
Endi Vakillar palatasi 23 oktyabr kuni yangi nomzodlarni muhokama qilishga qaytadi. Kongressmenlar 29 oktyabrgacha yangi nomzod ko‘rsatishi kerak.
Avvalroq, AQSh prezidenti Jo Bayden Kongressga qo‘shimcha moliyalashtirish, jumladan, Ukrainaga bir yil davomida 61,4 milliard dollarlik moliyaviy yordam, shuningdek, Isroil mudofaasini mustahkamlash uchun 14,3 milliard dollar miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatish so‘rovini yuborgan edi. Biroq Kongress Vakillar palatasida yangi spiker saylanmaguncha qonun loyihasini qabul qila olmaydi.
Mavzuga oid
19:00 / 25.12.2024
“Matritsa”ning buzilishi va tarixiy order
18:52 / 25.12.2024
Tramp o‘lim jazosini qo‘llashda qat’iyat bilan davom etishini aytdi
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024