AQSh razvedkasi Rossiyaning turli davlatlardagi saylovlarga qanday aralashgani haqida hisobot tuzdi
Ushbu hisobot Qo‘shma Shtatlarning 100 dan ortiq mamlakatlaridagi elchixonalariga yuborilgan.
Rossiya josuslar, ijtimoiy tarmoqlar va davlat ommaviy axborot vositalari orqali turli mamlakatlar fuqarolarining demokratik saylovlarga ishonchini susaytirmoqda. Bu haqda AQSh razvedkasi dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlaridagi elchixonalariga xabar yuborgan, deb yozdi Reuters.
Unda Rossiya rasmiylari, jumladan, Kreml ham bunday ta’sir amaliyotlarini qadrlashi va ularning samarali ekanligiga ishonishi ta’kidlanadi. Shuningdek, Rossiya Qo‘shma Shtatlarda ham xuddi shunday usullardan foydalanayotgani e’tirof etilgan – masalan, Rossiya sub’yektlari Jozef Bayden g‘alaba qozongan 2020 yilgi saylovlar go‘yo halol o‘tmagani haqida ma’lumot tarqatmoqda.
Umuman olganda, Amerika razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi 9 ta demokratik mamlakatda o‘tkazilgan 11 ta saylovga ishonchni buzishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirgan. Bundan tashqari, u boshqa 17 ta davlatda bunga qaratilgan «nisbatan kamroq ta’sirchan» harakatlarni qilgan.
Rossiya «oshkora va yashirin mexanizmlardan, jumladan, Rossiya razvedka xizmatlari tomonidan boshqariladigan ta’sir tarmoqlari va ishonchli shaxslardan foydalangan». Qayd etilishicha, ushbu tashviqotlar doirasida saylov komissiyalari a’zolari qo‘rqitishga uchragan, saylov kuni norozilik namoyishlari uyushtirilgan, shuningdek, 2020 yilda mamlakatlardan birida xorijiy saylov uchastkalarida «sabotaj» sodir etilgan.
2 oktyabr kuni Slovakiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchixonasi vakilini chaqirtirdi. Bunga Moskvaning Slovakiyada bo‘lib o‘tgan parlament saylovlariga «qabul qilib bo‘lmas aralashuvi» sabab bo‘lgani aytildi. Bunga Rossiya tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkinning AQSh saylov natijalarini manipulyatsiya qilishi haqidagi bayonoti sabab bo‘ldi.
Slovakiya Tashqi ishlar vazirligi bu bayonotni saylov jarayoniga aralashishga qaratilgan «ataylab dezinformatsiya» deb atadi. Bu mamlakatda 1 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatilishiga qarshi bo‘lgan sobiq bosh vazir Robert Fitso boshchiligidagi partiya g‘alaba qozongan edi.
Mavzuga oid
18:44
Ukraina ATACMS raketalari bilan Rossiya hududiga birinchi zarbani berdi
16:48
Rossiyada yadroviy portlashdan himoyalovchi mobil boshpanalarni seriyali ishlab chiqarish boshlandi
16:15
Putin Rossiyaning yangilangan yadroviy doktrinasini tasdiqladi
13:31