Surxondaryoda «Jiguli»ning propan balloniga metan quymoqchi bo‘lishdi. Ikki kishi halok bo‘ldi
Hodisada gaz quyish shoxobchasi ishchisi va boshqa bir mashina haydovchisi halok bo‘lgan, «Jiguli» haydovchisi jarohatlangan.
Surxondaryo viloyati Denov tumanida «Jiguli» mashinasiga o‘rnatilgan gazballoni portlashi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining Kun.uz so‘roviga ko‘ra xabar berishicha, hodisa 2023 yil 19 oktyabr kuni sodir bo‘lgan.
Denov tumanida yashovchi fuqaro shu tumanda joylashgan «Denov-Mobil» MChJ qarashli bo‘lgan metan gaz quyish shoxobchasiga propan balloni o‘rnatilgan «Jiguli VAZ-2106» mashinasini boshqa bir fuqaroning mashinasi yordamida olib kelgan.
Mashinaga metan gaz quyish paytida unga o‘rnatilgan propan balloni portlab ketgan. Oqibatda gaz quyish shoxobchasi ishchisi va «Jiguli VAZ-2106»ni shoxobchagacha olib kelishda yordam bergan ikkinchi haydovchi voqea joyida halok bo‘lgan.
Jiguli VAZ-2106» haydovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga murojaat qilgan. Hozirda hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:40 / 22.08.2024
Maktabga emas, qamoqqa: Denovda 9-sinf o‘quvchisi qamoqqa olindi
21:37 / 02.08.2024
Metan gazi narxining keskin oshishiga sabab bo‘luvchi omillar mavjud emas - Raqobat qo‘mitasi
21:45 / 01.08.2024
Hukumat metan narxini qo‘yib yubordi. Asossiz narx oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi
11:30 / 01.08.2024