O‘zbekiston | 15:59 / 23.10.2023
4724
5 daqiqa o‘qiladi

AloqaBank «ICTWEEK UZBEKISTAN 2023»da

Foto: AloqaBank

24-27 oktyabr kunlari O‘zbekistonda «ICTWEEK UZBEKISTAN 2023» axborot-aloqa texnologiyalar haftaligi bo‘lib o‘tmoqda. Bu O‘zbekistonda 2004 yildan beri har yili o‘tkaziladigan axborot texnologiyalari sohasidagi yirik tadbirlardan biri sanaladi. ICTWEEK’ning maqsadi zamonaviy texnologiya va innovatsiyalar yutuqlarini namoyish etish uchun maydon yaratishdir.

«ICTWEEK UZBEKISTAN 2023» ko‘rgazmasining ko‘p sonli ishtirokchilari orasida AloqaBank stendi ham taqdim etiladi. Ta’kidlab o‘tish joizki, shu yildan boshlab AloqaBank Aloqa ekotizimining bir qismi sanaladi, ekotizimga shuningdek, AloqaBusiness, AloqaVentures, AloqaAktiv va AloqaLizing  ham kiradi. Biznesni muvaffaqiyatli yuritish uchun bank o‘z mijozlariga raqamli servislar platformasi instrumentlarini — AloqaBusiness’ni taqdim etadi, bu o‘z navbatida bank mijozlarining biznes jarayonlarini raqamlashtirishga va ularning ishlarining samaradorligini oshirishga yordam beradi. AloqaBusiness raqamli platformasi bank ekotizimi va uning hamkorlarining servislari hamda eng yaxshi mahsulotlarini o‘zida birlashtiradi.

AloqaVentures venchur fondi AloqaBank raqamli ekotizimini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, uning faoliyati raqamli o‘zgarishlarning vakiliga aylangan holda kompaniyalar, startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning hamkorlari bilan birgalikda zamonaviy texnologik yechimlarni yaratish, ular bilan birgalikda innovatsiyalarda muvaffaqiyatga erishishga qaratilgan.

Shu tariqa ushbu ko‘rgazmaga tashrif buyurgan har bir ishtirokchi bank ekotizimining har bir yo‘nalishi bilan tanishish uchun noyob imkoniyatga ega bo‘ladi.

«ICTWEEK UZBEKISTAN 2023» doirasida eng jozibador taklif bu bank tomonidan tomonidan o‘tkaziladigan uchta aksiyadir. Unda aksiya ishtirokchilari ko‘plab yorqin taassurotlarga va qimmatbaho sovrinlarga ega bo‘ladilar, sovrinlar orasida Samsung S23, Galaxy Watch 6, Galaxy Buds Pro, bukriderlar va hattoki bolalar uchun art-to‘plamlar ham mavjud.

AloqaBank'ning yaqinda o‘tkaziladigan va joriy qilingan aksiyalarida:

1. Visa bilan hamkorlikdagi aksiya 13 oktyabrdan 25 oktyabrgacha bo‘lgan davrda AloqaBank Visa kartalaridan 200 000 so‘m yoki xorijiy valutadagi ekvivalentida to‘lovlarni amalga oshirishni o‘z ichiga oladi. Ya’ni, ko‘rsatilgan muddatda to‘lovni amalga oshirish kifoya va siz avtomatik ravishda aksiya ishtirokchisiga aylanasiz. Agar siz bankimiz kartasining egasi bo‘lmasangiz, unda AloqaBank'ning istalgan filialida yangi karta ochib, uni Zoomrad ilovasiga ulashingiz mumkin.

2. Go‘zallikni qadrlovchilar va hamma narsada individuallikni sevuvchilar uchun aksiya. Ko‘rgazma davomida AloqaBank'dan individual dizayndagi Visa yoki Humo bank kartalariga buyurtma berish va ochish imkoniyati mavjud. Buyurtma qilishingiz bilan sizda kafolatlangan bank sovg‘alari to‘plami sohibiga aylanish va har kuni bizning sovrinlarimizdan birini yutib olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

3. Shuningdek AloqaBank mamlakatimizdagi yosh avlodga ham g‘amxo‘rlik qiladi. O‘sib kelayotgan yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida «ICTWEEK UZBEKISTAN 2023» axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun individual dizayndagi Humo kartalarini ochish bo‘yicha aksiya o‘tkaziladi. Asosiy shart — bolaning va ota-onaning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi. Shunday qilib, kartaga buyurtma berish orqali siz kafolatlangan sovringa ega bo‘lishingiz va elektron kitoblar o‘yini ishtirokchisiga aylanishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, «ICTWEEK UZBEKISTAN 2023» ko‘rgazmasi “CAEX” (Central Asian Expo Uzbekistan)da bo‘lib o‘tadi.

Manzil: Milliy bog‘ ko‘chasi, 1-uy, Toshkent, O‘zbekiston.

Batafsil ma’lumot uchun aloqabank.uz saytiga yoki bankning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga tashrif buyurishingiz mumkin.

Telegram: t.me/aloqabank

Facebook: facebook.com/aloqabank

Instagram: instagram.com/aloqabank.uz

Sayt: aloqabank.uz

YouTube: youtube.com/AloqaBank

Reklama