Sport | 23:09 / 23.10.2023
22306
2 daqiqa o‘qiladi

OChL. OKMK «Sipohon»ga mag‘lub bo‘lib, turnirdagi ketma-ket 3-mag‘lubiyatini tan oldi

Osiyo Chempionlar ligasi 3-turi doirasida OKMK klubi Eronning «Sipohon» klubiga qarshi saf tortdi.

Olmaliqdagi o‘yinda Eron klubi turnirdagi dastlabki g‘alabasiga erishgan bo‘lsa, OKMK ketma-ket 3-mag‘lubiyatini tan oldi. Ramin Rizoyonning dubli va Rizo Asadining goliga Mirjahon Mirahmadov bitta gol bilan javob qaytardi – 1:3.

Shu tariqa, S guruhida «Sipohon» turnirdagi 2-o‘yinidan keyin 4 ochko bilan 1-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, OKMK 3 o‘yinda 3 mag‘lubiyat qayd etib, so‘nggi o‘rinda bormoqda.

OChL. 3-tur. 23 oktyabr

OKMK - «Sipohon» (Eron) – 1:3

Hakam: Ahmad A’lali (Kuvayt)

Gollar: Mirjahon Mirahmadov 35 – Ramin Rizoyon 32, 48, Rizo Asadi 60.

OKMK: 1. Botirali Ergashev, 29. Vitaliy Denisov (34. Ulug‘bek Sunnatov, 28), 3. Sardor Rahmonov, 5. Anzur Ismoilov (40. Jahongir Fazilov, 46) 2. Akram Komilov, 15. Oybek Rustamov, 17. Sanjar Tursunov, 18. Baxtiyor Qosimov (24. Murod Ermatov, 82), 19. Muhammadanas Hasanov (27. Martin Boake, 55), 14. Mirjahon Mirahmadov, 10. Xurshid G‘iyosov (38. Sirojiddin Baxriddinov, 82).

«Sepaxon»: 1. Payom Niyozmand, 5. Rizo Asadi, 6. Bryan Dabo, 7. Iso Alkasir, 9. Ramin Rizoyon, 10 Farshad Ahmadzoda, 14. Aryo Yusufi, 18. Milod Zakipur, 58. Muhammad Donishgar, 66. Muhammad Qurboni, 86. Javod Hussayinnajod (91.Barbosa, 58).

Mavzuga oid