O‘zbekiston | 09:13 / 23.10.2023
3199
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston TIV rahbari AQSh, Fransiya va Qatar elchilari bilan alohida uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bir necha xorijiy davlatlarning elchilari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.

Xususan, Oreliya Bushez (Fransiya), Hasan Hamza Hoshim (Qatar), Guseyn Guliyev (Ozarboyjon), Jonatan Xenik (AQSh) va Agostino Pinna (Italiya) bilan uchrashuv tashkillashtirildi.

O‘zbekiston TIV rahbarining ma’lum qilishicha, muloqotlar chog‘ida mazkur mamlakatlar bilan mustahkamlanib borayotgan ikki tomonlama hamkorlikning keng ko‘lamli kun tartibi ko‘rib chiqilgan.

Iqtisodiy aloqalarga doir masalalar muhokama qilingan. Oliy va yuqori darajadagi bo‘lajak tadbirlar ham ko‘rib chiqilgan.

Mavzuga oid