Iqtisodiyot | 14:41 / 24.10.2023
15408
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy O‘zbekistonning asosiy tashqi savdo hamkori bo‘lib qoldi

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top-10 davlatlar to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.

2023 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilyapti – 9,5 mlrd dollar. 

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘rinlardan savdo aylanmasi mos ravishda 7 mlrd hamda 3,2 mlrd dollarni tashkil qilgan Rossiya va Qozog‘iston joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar bo‘yicha quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi: 

Turkiya – 2,4 mlrd;
Koreya – 1,7 mlrd;
Turkmaniston – 830,3 mln
Germaniya – 784,2 mln
Qirg‘iziston – 754 mln
Fransiya – 659 mln
Afg‘oniston – 615,3 mln

Mavzuga oid