O‘zbekiston | 09:11 / 25.10.2023
3310
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Litva siyosiy muloqotni faollashtirishga kelishib oldi

O‘zbekiston va Litva TIV rahbarlari siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo, investitsiya, transport-logistika, ta’lim va boshqa sohalarda sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar ko‘rishga kelishib oldi.

Foto: TIV

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Lyuksemburgga tashrifi davomida Litva tashqi ishlar vaziri Gabrielyus Landsbergis bilan muzokaralar o‘tkazdi.

«Litva tashqi ishlar vaziri Gabrielyus Landsbergis janoblari bilan samarali muzokaralar o‘tkazdik», - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida. 

Siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo, investitsiya, transport-logistika, ta’lim va boshqa ko‘plab sohalarda sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar ko‘rishga kelishib olingan.

«Biz, shuningdek, parlamentlararo muloqotni faollashtirish zarurligini ta’kidladik», - deydi Baxtiyor Saidov.

Mavzuga oid