O‘zbekiston | 09:09 / 25.10.2023
2092
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya aviakompaniyasi Izmirdan Samarqandga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

Parvozlar haftasiga uch marta - dushanba, payshanba va shanba kunlari muntazam ravishda Boeing 737 tipidagi samolyotlarda amalga oshiriladi.

Foto: Uzbekistan Airports

Turkiyaning Sunexpress aviakompaniyasi Izmir – Samarqand – Izmir yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘yadi.

Shaharlar o‘rtasida parvozlar 2023 yilning 12 noyabrida boshlanishi rejalashtirilgan. 

Parvozlar haftasiga uch marta - dushanba, payshanba va shanba kunlari muntazam ravishda Boeing 737 tipidagi samolyotlarda amalga oshiriladi.

Sunexpress aviakompaniyasi Antaliyada (Turkiya) joylashgan bo‘lib, Turkiya va Yevropa bo‘ylab muntazam va charter asosida yo‘lovchi reyslarini amalga oshiradi.

Mavzuga oid