Jamiyat | 08:22 / 25.10.2023
25532
1 daqiqa o‘qiladi

Xorazmda bog‘cha bolalarining boshiga urgan tarbiyachi ishdan olindi

Xususiy bog‘chalarning birida tarbiyachi bolalarni kaltaklayotgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi uning ishdan bo‘shatilganini bildirdi.

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi xususiy bog‘chalarning birida tarbiyachi bolalarni kaltaklayotgani aks etgan video tarqaldi.

Videoda xonaga kirgan tarbiyachi bolalarning boshiga urib, ularni o‘rniga yotqizayotgani aks etgan.

Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, voqea nodavlat ta’lim muassasasida sodir bo‘lgan.

Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga qo‘pol munosabatda bo‘lgani va ichki mehnat tartib-qoidalarini qo‘pol ravishda buzgani uchun u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingani aytiladi.

Mavzuga oid