O‘zbekiston va Janubiy Koreya "yashil" texnologiyalarni joriy etishni muhokama qilmoqda
Amaliy tashrif bilan mamlakatda bo‘lib turgan Koreya Respublikasi atrof-muhit vaziri Xan Xva Jin O‘zbekiston ekologiya vaziri o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ekologiya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirish istiqbollari, bioxilma-xillikni saqlash, chiqindilarni qayta ishlash va Orol dengizining qurigan tubini tiklash masalalari ko‘rib chiqildi.
Xan Xva Jin iqlim o‘zgarishi yo‘nalishida magistraturada o‘qishga va ekologiya sohasida qisqa muddatli kurslarda Janubiy Koreyada ta’lim olishga imkoniyat borligini ta’kidlab o‘tdi.
Uchrashuv yakunida Jusipbek Kazbekov Xan Xva Jinni Samarqandda bo‘lib o‘tadigan uchta xalqaro anjuman - BMTning Cho‘llanish bo‘yicha maxsus sessiyasi (CRIK21), Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlari bo‘yicha tomonlar konferensiyasi (COP14) va Iqlim o‘zgarishi forumiga taklif etdi.
Mavzuga oid
16:59 / 18.11.2024
AQShdan Xitoygacha 40 daqiqada: Ilon Mask samolyotlarni raketalarga almashtirmoqchi
14:28 / 16.11.2024
Buyuk Britaniyada firibgarlarni aldovchi “neyron buvi” ishga tushirildi
16:54 / 13.11.2024
Apple iPhone narxidagi kitobini chiqardi
02:35 / 12.11.2024