Qarshi tumanida hokim o‘zgardi
Zoir Aliqulov bungacha Dehqonobod tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Bugun, 26 oktyabr kuni xalq deputatlari Qarshi tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, sessiyada deputatlar Zoir Xalilovich Aliqulovni Qarshi tumani hokimi lavozimiga tasdiqlashdi.
Zoir Aliqulov 1979 yilda Qarshi shahrida tug‘ilgan. Ichki ishlar akademiyasi, akademiyaning magistratura va oliy akademik kurslarini tamomlagan.
Aliqulov muqaddam Qashqadaryo viloyati IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan, 2016 yilning sentabr oyidan buyon Dehqonobod tumani hokimi sifatida ishlayotgandi.
2019 yil prezident tomonidan «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan taqdirlangan.
- Qarshi tumaniga bungacha Behzodjon Yusupov rahbarlik qilib kelayotgandi, u 2022 yil fevralida Maqsuda Mustafoyeva o‘rnini egallagandi.
Mavzuga oid
21:18 / 08.09.2024
Otabek Umarov Osiyo Olimpiya Kengashining mintaqaviy vitse-prezidenti bo‘ldi
19:01 / 03.09.2024
Prezident yig‘ilishida ishdan olingan Mingbuloq tumani hokimi yangi lavozimga tayinlandi
15:52 / 27.08.2024
To‘raqo‘rg‘on tumaniga yangi hokim tayinlandi
12:30 / 18.08.2024