The Insider: G‘arb firmalari Rossiyaga «Kinjal» raketasini ishlab chiqarishga yordam bermoqda
Rossiya raketalarini ishlab chiqarish uchun uskunalar va butlovchi qismlar Germaniya, Polsha, Litva, Latviya, Belgiya, Buyuk Britaniya va AQSh kompaniyalari tomonidan yetkazib beriladi, deb yozadi The Insider.
Ukraina bilan urushda qo‘llangan Rossiyaning boshqariladigan raketalari ichida eng xavflisi bo‘lgan «Kinjal»ni ishlab chiqaruvchi korxonalar pudratchilari shu paytgacha Yevropa sanksiyalarini chetlab o‘tdi, bu esa ularga hech narsa bo‘lmagandek, o‘z ishlari uchun zarur bo‘lgan tovarlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri YeIning turli davlatlaridan olib kirish imkonini beradi. Bu haqda 25 oktyabr, chorshanba kuni chop etilgan The Insider surishtiruvida aytiladi.
Jurnalistlarning fikriga ko‘ra, «Kinjal» «Rostex» davlat korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi Moskva yaqinidagi Kolomna shahrida «Konstruktorskoye byuro mashinostroyeniya» korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqariladi. Xuddi shu korxonada «Iskander» ham ishlab chiqariladi. Germaniya kompaniyalaridan tashqari, butlovchi qismlar va jihozlar Polsha, Litva, Latviya, Belgiya, Buyuk Britaniya va AQSh kompaniyalari tomonidan yetkazib beriladi, deyiladi surishtiruvda.
«Konstruktorskoye byuro mashinostroyeniya» pudratchilari
Raketalarni ishlab chiqarish uchun stanoklar Germaniyaning KEB kompaniyasi hamkori - «KEB-Rus» tomonidan yetkazib beriladi, masalan, Germaniyadan kabellar import qilinadi. Elektron komponentlarni himoya qilish uchun g‘altak va lentalar ham Rossiyaga yetkazib beriladi, ular Advantek GmbH tomonidan yuboriladi. Bundan tashqari, raketalar ishlab chiqaruvchisi Xitoydan oladigan Amerika chiplaridan foydalanadi. Ular 2021 yilda yaratilgan Moskvaning «YeTS Elektroniks» kompaniyasi tomonidan import qilinadi, u ham sanksiyalar ostida emas.
«Konstruktorskoye byuro mashinostroyeniya»ga Sergey Pitikov rahbarlik qiladi. Uning qizi va nabiralari, The Insider nashrining yozishicha, NATOga kirishga hozirlanayotgan Shvetsiyada yashaydi. Byuro rahbarining qizi Mayya Pitikova jurnalistlarga «Putin rejimi jinoiy, qonli, ma’nosiz urush olib borayotganini» aytdi, ammo otasi haqida gapirishdan bosh tortdi.
Mavzuga oid
12:00 / 30.10.2024
AQSh Davlat departamenti Daniyaga "havo-havo" raketalarini sotishni ma’qulladi
09:20 / 08.10.2024
Odessada RF raketasi fuqarolik kemasiga borib urildi
09:10 / 24.09.2024
G7 BMTda Kiyevga uzoq masofali raketalarga ruxsat berish masalasini muhokama qiladi
13:25 / 23.09.2024