Jahon | 23:43 / 30.10.2023
8159
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Ukraina bilan vizasiz rejim kelishuvini bekor qildi 

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Ukraina bilan 1997 yilda imzolangan vizasiz rejim kelishuvi bekor etilganini e’lon qildi. 

Foto: Picture Alliance

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya va Ukraina fuqarolari uchun vizasiz sayohat to‘g‘risidagi kelishuv bekor qilinayotgani haqida bayonot berdi. 

Qayd qilinishicha, 1997 yil 16 yanvarda imzolangan hujjatning amal qilish muddati 2024 yil 1 yanvarda tugaydi. 

Bundan oldin Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova haftalik brifingda Ukraina fuqarolari uchun vizasiz rejim «gumanitar sabablarga ko‘ra» saqlanib qolayotganini aytgan edi. 

Zaxarovaning ma’lum qilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina fuqarolari Rossiyaga ichki pasport asosida vizasiz kirishi va chiqishi mumkin bo‘lgan farmonni imzolagan. Ukrainaliklar Rossiya chegarasidan ichki yoki xorijiy Ukraina pasporti, diplomatik yoki xizmat pasporti, dengizchi yoki samolyot ekipaji a’zosining shaxsiy guvohnomasi asosida vizasiz o‘tishi mumkin. 

Uning eslashicha, Kiyev tomonidan 2022 yilda bir tomonlama ravishda viza rejimi joriy qilingan va bungacha Rossiya va Ukraina o‘rtasida viza rejimi hech qachon bo‘lmagan.

Mavzuga oid