O‘zbekiston | 22:07 / 01.11.2023
6858
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda ikki tup daraxtni mahalla raisi kesgani aniqlandi

Oqibatda o‘simlik dunyosiga 57 mln 750 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Andijon tumanidagi, Yangiobod mahallasi raisi ikki tup daraxtni kesib tashlagan. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi. 

Qayd qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Andijon tumanidagi Yangiobod mahallasida ikki tup daraxt noqonuniy kesilgani haqida xabarlar tarqalgan. Shundan so‘ng, Ekologiya boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgan. 

O‘rganish yakuniga ko‘ra, Yangiobod mahallasi idorasi yonidagi ikki tup daraxt mahalla raisi V. U. tomonidan kesilgani aniqlangan. Oqibatda o‘simlik dunyosiga 57 mln 750 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgan. 

Holatga huquqiy baho berish va qonunbuzarga nisbatan chora ko‘rish maqsadida tegishli hujjatlar tuman prokuraturasiga taqdim etilgani aytilmoqda.

 

Mavzuga oid