Jahon | 13:01 / 01.11.2023
9213
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Kongressida Blinkenning nutqi namoyishchilar tomonidan to‘xtatib qo‘yildi

Diplomatning Senat qo‘mitasi oldidagi nutqi bir necha bor: «Zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtating!», «G‘azo bolalarini qutqaring!», «G‘azoni ozod qiling!» va boshqa hayqiriqlar bilan to‘xtatib qo‘yildi.

Foto: Saul Loeb/AFP

Isroilning G‘azo sektoriga hujumlariga qarshi namoyishchilar AQSh davlat kotibi Entoni Blinkenning Kongressdagi nutqini to‘xtatib qo‘ydi.

Diplomatning Senat moliya qo‘mitasi oldidagi nutqi bir necha bor: «Zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtating!», «G‘azo bolalarini qutqaring!», «G‘azoni ozod qiling!» va boshqa hayqiriqlar bilan to‘xtatildi. 

Davlat kotibi Senatda AQSh prezidenti Jo Baydenning Ukraina va Isroilga 106 milliard dollarlik yordam taqdim etish bo‘yicha murojaati yuzasidan eshituvlarni boshlaganida faollar qizil rangga bo‘yalgan qo‘llarini ko‘tarib oldi. 

Blinken o‘z nutqini to‘xtatgan va politsiya namoyishchilarni zaldan chiqarib yuborishini indamay kutib turgan. 

Mavzuga oid