O‘zbekiston | 22:17 / 01.11.2023
22099
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning O‘zbekistonga tashrifi boshlandi 

Tashrif dasturiga muvofiq, Samarqand shahrida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. 

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. 

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi. 

Tashrif dasturiga muvofiq, Samarqand shahrida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi, unda O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasidagi ko‘pqirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. 

Savdo-iqtisodiyot, innovatsiya, investitsiya va madaniy-gumanitar sohalarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari e’tibor markazida bo‘ladi. 

O‘zbekiston va Fransiya rahbarlari ikki mamlakatning yetakchi kompaniyalari va bank-moliya institutlari ishtirokidagi qo‘shma biznes forumi ishida ham ishtirok etadi. 

Sammit yakunida bir qator hukumatlararo va idoralararo bitimlar hamda savdo-investitsiyaviy kelishuvlar to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilgan.

 

Mavzuga oid