Tesla odam o‘limi bilan yakun topgan avtopilot ishtirokidagi YTH bo‘yicha birinchi sudda g‘alaba qozondi
Kompaniya hakamlar hay’atini Kaliforniyadagi halokatli avariya paytida Tesla avtopilotdan foydalanmaganiga ishontirdi.
Tesla kompaniyaning avtopilot tizimi ishtirokida odam o‘limi bilan yakun topgan yo‘l-transport hodisasi haqidagi da’vo bo‘yicha birinchi sudda g‘alaba qozondi. Bu haqda 31 oktyabr, seshanba kuni Bloomberg xabar berdi.
Ilon Mask kompaniyasi hakamlar hay’atini uning avtopilot texnologiyasi Kaliforniyada haydovchining o‘limiga sabab bo‘lgan 2019 yildagi avtohalokat uchun javobgar emasligiga ishontirishga muvaffaq bo‘ldi. O‘shanda Tesla Model 3 mashinasi daraxtga urilib, yonib ketgan. Kompaniyaga qarshi da’vo tirik qolgan ikki yo‘lovchi tomonidan qo‘zg‘atilib, ular Tesla’dan ruhiy iztiroblari, tan jarohatlari va haydovchining o‘limi uchun tovon puli sifatida 400 million dollar talab qildi.
Hakamlar hay’atiga mashina avtopilotda bo‘lganiga oid dalil taqdim etilmadi
Avtohalokatda omon qolganlarning advokatlari ta’kidlashicha, avtopilot rejimidagi nuqson tufayli mashina to‘satdan yo‘ldan chiqib ketgan. Kompaniya bunga javoban haydovchi rulga o‘tirmasdan oldin spirtli ichimlik iste’mol qilgani va avtopilotni halokatdan oldin ham faollashtirgani bo‘yicha hech qanday dalil yo‘qligini ta’kidladi. To‘qqiz kishidan iborat hakamlar hay’ati Tesla tarafini oldi.
Bloomberg eslashicha, kompaniya hali ham avtopilotning nosozliklari 2021 yil iyunidan beri kamida 17 ta halokatga olib kelgan yoki yo‘qligini aniqlash uchun federal tergovga duch kelishi mumkin. Kelgusi oylarda halokatlar bo‘yicha bir nechta da’volar Kaliforniya va Florida sudlariga taqdim etiladi.
Mavzuga oid
19:03 / 18.11.2024
PFL Superliga ramziy termasi e’lon qilinishini YTH qurbonlari xotirasiga bag‘ishladi
15:09 / 18.11.2024
Qashqadaryoda qo‘ylar podasini avtomobil urib yubordi
07:40 / 18.11.2024
Toshkent teleminorasi qarshisida Toyota, Malibu-2 va Cobalt to‘qnashdi
11:38 / 17.11.2024