O‘zbekiston | 14:11 / 02.11.2023
10071
2 daqiqa o‘qiladi

Makron: “Mitterandan keyin biror-bir Fransiya prezidenti O‘zbekistonga kelmagan edi, biz buni albatta to‘g‘rilaymiz”

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston–Fransiya biznes forumida so‘zga chiqdi.

“Aytib o‘tishim kerakki, mamlakatingizda islohotlar yangi bosqichga chiqqan. Bu Fransiyaning mintaqaga investitsiyalarini qo‘llab-quvvatlashda muhim. Prezident Mitterandan keyin biron bir Fransiya prezidenti mintaqaga tashrif buyurmagan edi. Biz buni albatta to‘g‘rilaymiz”, – dedi Makron.

Uning bu so‘zlari zalda olqishlar bilan qarshi olindi.

“Albatta, fransuz kompaniyalari bu mintaqada o‘z faoliyatini kengaytirishi kerak. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik yashasin, kompaniyalarga o‘z ishlariga muvaffaqiyatlar tilab qolaman”, – deya so‘zini yakunladi Fransiya prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, Fransiyaning 21-prezidenti Fransua Mitteran 1994 yilda Samarqandga tashrif buyurgan. Oradan 29 yil o‘tib, Emmanuel Makron O‘zbekistonga kelgan Fransiyaning ikkinchi prezidenti bo‘ldi.

 

Mavzuga oid