O‘zbekiston | 23:42 / 02.11.2023
15731
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga bordi

Ostona shahrida martabali mehmonni Qozog‘iston bosh vaziri Alixon Smailov kutib oldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Ostona shahriga bordi.

Aeroportda davlat rahbarini Qozog‘iston bosh vaziri Alixon Smailov kutib oldi.

O‘zbekiston yetakchisi 3 noyabr kuni Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.

Mavzuga oid