Jahon | 15:59 / 05.11.2023
19920
9 daqiqa o‘qiladi

Xerson yaqinidagi «dron ovchilari» va okkupatsiya qilingan hududlardagi bayram. Urush suratlari

Ukrainada urushning 619-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar

  • Anneksiya qilingan Qrimda havo hujumidan mudofaa tizimi ishladi. Urib tushirilgan raketa parchalari Kerchdagi kemasozlik zavodi hududiga tushgan. Taxminlarga ko‘ra, kichik raketa kemasi shikastlangan.
  • «Bu umidsiz vaziyat emas», — dedi Zelenskiy frontdagi holat haqida. Oldinroq Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy urush «boshi berk ko‘chaga kirib qolgani»ni aytgandi.
  • Xerson o‘qqa tutilishi oqibatida oziq-ovqat do‘koni yaqinida bir kishi g‘alok bo‘ldi, bir ayol yaralangan.
  • Dnipropetrovsk oblastida uchta raketa urib tushirilgan, infratuzilma obektiga zarba kelib tushgan.
  • Poltava oblastiga raketa zarbalari oqibatida bir ayol halok bo‘lib, ikki bola yaralangan.
  • Rossiya qo‘shini Ukraina qurolli kuchlarining Melitopol va Berdyansk bo‘ylab zarbalari qaytarilganini ma’lum qildi.
  • Buyuk Britaniya mudofaa vazirlii Rossiya armiyasi Avdiyivkaga yurish vaqtida minglab askarlardan ayrilgani haqida xabar berdi.
  • NBC ma’lumotiga ko‘ra, AQSh va Yevropa Ukraina bilan tinchlik muzokaralari ehtimolini muhokama qila boshladi.

Xerson atrofida dron ovchilari

Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy yaqinda The Economist jurnaliga katta intervyu bergan, unda zamonaviy urushda uchuvchisiz aviatsiyaning strategik ahamiyatiga yana bir bor to‘xtalgandi. Zalujniy frontdagi vaziyat boshi berk ko‘chaga kirib qolganini tan olgan, ukrainlarning yurishi esa pozitsion urushga aylanishi va bu turg‘unlik bir necha yilga cho‘zilishi mumkinligini aytib, bunday holat sabablaridan biri sifatida dronlar razvedkasi texnologiyalari rivojlanayotganini keltirgan.

Aynan dronlar artilleriya bilan hamohanglikda harakatlanishi mojaroning har ikki tomoniga kutilmagan yorib o‘tishlar amalga oshirish imkonini bermaydi. «Oddiy haqiqat shundaki, biz dushman nima qilayotganini ko‘rib turibmiz, ular esa biz nima qilayotganimizni», — deya izohlagan Zalujniy. Uning so‘zlariga ko‘ra, murakkab vaziyatdan chiqish uchun ukrain armiyasiga uchuvchisiz uchish qurilmalar, radioelektron kurash va minalardan tozalash uskunalari, jumladan, yangi robotlashtirilgan yeichmlar sohasidagi innovatsiyalar kerak. Shu bilan birga, Zalujniyning fikricha, yaqin vaqtlar ichida bunday texnologik yutuqlar bo‘lishining alomatlari ko‘rinmayapti.

«Dron ovchilari» jamoasidan bo‘lgan ukrainalik harbiy Xerson yaqinidagi pozitsiyani kuzatmoqda
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuchlari tarkibidagi «Dron ovchilari» jamoasi a’zosi Amerikaning Humvee pikapi kuzovida
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
«Dron ovchilari» jamoasi a’zosi dron orqali translatsiya qilinayotgan vaziyatni kuzatmoqda
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Xerson hududidagi ukrainalik harbiy binokl orqali osmonni kuzatmoqda
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy Xerson yaqinidagi xandaqda turib atrofni kuzatmoqda
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA

Kiyevdagi miting 

Kiyevda shahar ma’muriyati binosi oldida korrupsiyaga qarshi navbatdagi (uchinchi) miting bo‘lib o‘tdi, namoyishchilar mahalliy budjet mablag‘larini shaharni obodonlashtirishga emas, harbiylarga yo‘naltirishni talab etmoqda. Odamlar «Pullar UQKga», «Kiyev budjeti UKQga», «Bizga bruschatkalar emas, dronlar kerak» kabi yozuvlar aks etgan plakatlarni ko‘tarib chiqishgan.
Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA

Rossiya va Ukrainaning okkupatsiya qilingan hududlarida Milliy birlik kuni

4 noyabr kuni Rossiyada 2005 yildan beri davlat bayrami hisoblanadigan Milliy birlik kuni nishonlandi. Bu safar bayram tadbirlari Rossiya regionlaridan tashqari Ukrainaning okkupatsiya qilingan hududlarida ham o‘tkazildi.

Baribir eng katta tadbirlar Moskvada bo‘ldi — Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasida «Rossiya» ko‘rgazma forumi ochildi, «Sirena» nashri hisoblariga ko‘ra, uni yaratish uchun 5,1 milliard rubl miqdorida mablag‘ sarflangan. Ko‘rgazmada nafaqat Rossiya regionlari, balki «DXR», «LXR», Zaporijjya va Xerson oblastlari hamda Qrim stendlari ham o‘rnatilgan. Masalan, «DXR» stendida snaryadlardan yasalgan atirgul installyatsiyasi aks etgan, Zaporijjya oblastining RF nazoratidagi qismining stendida — bu yerga turistik maqsadlarda kelishga taklif, Xerson oblasti stendida — agrar sektordagi statistik ma’lumotlar hamda urush boshida Rossiya armiyasi tomonidan bosib olingan, keyin esa Ukraina qurolli kuchlari tomonidan ozod etilgan Xerson «rus shahri» ekani aytilgan tablichkani ko‘rish mumkin.

«Meduza»ning RF prezidenti ma’muriyatiga yaqin manbasiga ko‘ra, Sergey Kiriyenko tashabbusi bilan tashkil etilgan ko‘rgazma orqali mamlakatning so‘nggi yillardagi turli yutuqlarini namoyish etish va Vladimir Putinning navbatdagi saylov kampaniyasi boshlanishi uchun ijobiy fon hosil qilish maqsad qilingan.

«Kosmonavtika va aviatsiya» pavilyoni «Rossiya» ko‘rgazmasining ochilishida bayramona illyuminatsiya vaqtida
Maksim Blinov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Forum ochilishida qo‘shiqchi Shaman (Yaroslav Dronov) asosiy sahnada chiqish qildi. U o‘zining asosiy xitlaridan biri, «Ya russkiy»ni Kremlga aloqador bo‘lgan «Birinchilar harakati»ga mansub bo‘lgan «yangi pionerlar» faollaridan iborat bolalar xori bilan ijro etdi
Yekaterina Chesnokova / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
«Rossiya» forumi ko‘rgazma pavilyonining ko‘rinishi. 4 noyabr kuni erta tongdan ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar ko‘p edi, kirishda ularni ko‘p sonli animatorlar va musiqachilar kutib olishdi
Maksim Shipenkov / EPA / Scanpix / LETA
«Rossiya» ko‘rgazmasida Ukrainaning Xerson oblasti pavilyoni. Stendda regionning qishloq xo‘jaligi sohasidagi statistik ma’lumotlari keltirilgan, lekin bu ma’lumotlar oblastning ma’muriy chegaralari bo‘yicha ekani yoki faqat RF QK nazorat etayotgan qismiga oidligi bo‘yicha aniqlik keltirilmagan. Oblastning katta qismi, xususan, uning markazi Xerson ham Ukraina nazoratida
Maksim Shipenkov / EPA / Scanpix / LETA
«Rossiya» forumida o‘zini o‘zi e’lon qilgan «Donetsk xalq respublikasi» stendi oldida turgan qiz
Maksim Shipenkov / EPA / Scanpix / LETA
«LXR» rahbari Leonid Pasechnik Luhanskdagi Milliy birdamlik kuni bayramida
Maksim Zaxarov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Okkupatsiya ostidagi Mariupol shahri meri Oleg Morgun Sankt-Peterburg va Mariupol faxriylari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan chiqish qildi. Milliy birlik kuni munosabati bilan tashkil etilgan o‘yin Mariupoldagi Nevskiy o‘rta maktabida o‘tkazildi
Aleksandr Suxov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Donetskda Milliy birlik kuni arafasida ilingan bilbordlar
Sergey Averin / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Rassom Vladislav Stepnoy Milliy birlik kuni bayramiga tayyorgarlik doirasida Donetsk markazida mural ustida ishlamoqda
Sergey Averin / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Rus pravoslav cherkovi (RPs) ruhoniysi qo‘shib olingan hududlar ham aks etgan Rossiya xaritasi ko‘rinishidagi installyatsiyaga suv sepmoqda. Simferopoldagi installyatsiya Rossiyadagi Milliy birlik kuni arafasida yangilangan
Alexey Pavlishak / Reuters / Scanpix / LETA
Sankt-Peterburgda yashovchi kishi shaharda Milliy birlik kuni nishonlanishi vaqtida. U Donbass aholisiga bag‘ishlangan va ko‘rgazmada namoyish etilgan fotosuratlardan birining fonida turibdi.
Aleksandr Galperin / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA

Mavzuga oid