O‘zbekiston | 23:16 / 06.11.2023
13323
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoro viloyatida kun davomida ikkinchi marta zilzila qayd etildi 

Zilzila magnitudasi 3,8 ball ekani aytildi. 

6 noyabr kuni kechqurun O‘zbekiston hududida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi. 

Qayd qilinishicha, zilzila soat 19:49 da sodir bo‘lgan. Uning episentri Toshkentdan 542 km janubi-g‘arbda, Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanida, 15 km chuqurlikda, zilzila magnitudasi 3,8 ball ekani aytilgan. 

Bu kun davomida Buxoro viloyatida qayd qilingan ikkinchi zilzila. 6 noyabr kuni erta tongda, soat 3:57 da ham shu hududda zilzila sodir bo‘lgan edi. 

Zilzila oqibatida vayronalar yoki jabrlanganlar bo‘lgani haqida xabar berilmadi.

Mavzuga oid