Sport | 01:05 / 07.11.2023
26744
2 daqiqa o‘qiladi

OChL. OKMK 0:9 hisobida yutqazdi, «Nasaf»ning guruhida kutilmagan natija

Mirjalol Qosimov boshqaruvchidagi olmaliqliklar jamoasi guruhda so‘nggi o‘rinni egallashi kafolatlandi.

Osiyo Chempionlar Ligasida 4-tur bahslari davom etmoqda. 

OChL. 4-tur. 6 noyabr

S guruhi
Sipohon — OKMK 9:0
Gollar:
Ahmadzoda (8), Asadi (59), Husaynnajod (60), Gorbani (62), Rizoyan (71), Alkasir (79 penalti, 87), Muganlu (81).
Sipoxon — Payam Niyozmand, Hodi Muhammadi, Rizo Asadi (Iso Alkasir, 70) Said Karimi (Brayan Dabo, 70), Ramin Rizoian, Farshad Ahmadzoda, Milad Zokirpur (Arya Yusufi, 70), Muhammad Daneshgar, Muhammad Gorbani, Javad Husaynnajod, Ehson Pahlavon.
OKMK — Botirali Ergashev, Akrom Komilov, Sardor Rahmonov, Mirjamol Qosimov (Murod Ermatov, 84), Dilshod Ahmadaliyev, Xurshid G‘iyosov (Vitaliy Denisov, 72), Sanjar Tursunov (Oybek Rustamov,46), Baxtiyor Qosimov, Muhammadanas Hasanov (Sirojiddin Bashriddinov, 88) Iskandar Bo‘sinov, Martin Boake (Asilbek Umirzoqov, 72)
Ogohlantirish: Baxtiyor Qosimov (37). 
Chetlatish: Akrom Komilov (66).

S guruhida OKMK (0) Tehronda «Sipohon»dan (7) javobsiz 9ta to‘p o‘tkazib yubordi va ushbu bosqichni so‘nggi pog‘onada yakunlashi ma’lum bo‘ldi. Bu o‘zbek klublari uchun turnirdagi eng yirik mag‘lubiyat bo‘ldi. «Al Ittihod» (9) peshqadam, «Eyr Fors» (7) ham kurashni davom ettirmoqda.

B guruhi
Al Faysali — As Sadd 2:0
Gollar
: Ar Rushdi (56), Al Haj (86). 

B guruhida «As Sadd» (4) kutilmaganda Iordaniyada «Al Faysali»ga (3) yutqazib qo‘ydi. «Sharja» (8) yetakchilik qilmoqda, «Nasaf» (7) 2-o‘rinda.

Mavzuga oid