O‘zbekiston ketma-ket ikkinchi oy Xitoyga gaz eksportini qisqartirdi
Yillik hisobda ko‘k yonilg‘i yetkazib berish deyarli ikki baravar kamaygan.
O‘zbekiston ketma-ket ikkinchi oy Xitoyga tabiiy gaz eksportini kamaytirdi. Bu haqda Spot Xitoy bojxona bosh boshqarmasi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Sentyabr oyida mamlakatga O‘zbekiston gazining oylik yetkazib berish hajmi avgust oyiga nisbatan qariyb ikki baravar kamayib, 41,62 mln dollarni tashkil etdi. Iyul oyidagi ko‘rsatkichga nisbatan gaz yetkazib berish 2,2 barobarga kamaydi.
Yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Xitoyga 412,19 mln dollarlik tabiiy gaz eksport qildi, bu o‘tgan yildagi ko‘rsatkichning yarmiga teng.
Xitoyga gaz yetkazib berish bo‘yicha yetakchilikni Turkmaniston egallab turibdi. Mamlakat to‘qqiz oyda 7,41 mlrd dollarlik gaz yetkazib bergan.
Undan keyingi o‘rinda Rossiya turibdi va o‘tgan to‘qqiz oyda mamlakat o‘z eksportini deyarli ikki barobarga — 4,98 mlrd dollarga yetkazgan.
Shuningdek, keyingi o‘rinlardan Myanma (1,21 mlrd dollar) va Qozog‘iston (949 mln dollar) joy oldi.
Mavzuga oid
12:22
Buxoroda Xitoy ishtirokida sanoat parki barpo etiladi
00:03
Xitoy yana to‘qqizta davlat bilan vizasiz rejim joriy qildi
17:32 / 07.11.2024
Xitoyda yangi oila qurish holatlari rekord darajada kamayib ketdi
13:29 / 07.11.2024