O‘zbekiston | 12:00 / 08.11.2023
10632
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston bosh vaziri O‘zbekistonga keldi

Uni Toshkent xalqaro aeroportida Abdulla Aripov kutib oldi.

Qozog‘iston Respublikasi bosh vaziri Alixan Smailov Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) o‘n oltinchi sammitida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Yuqori martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Qisqa suhbatdan so‘ng, yuqori martabali mehmon o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga jo‘nab ketdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tadigan IHT sammitida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiyaviy va gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish hamda ushbu ko‘p tomonlama tuzilma faoliyatini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilishi ko‘zda tutilgan.

Mavzuga oid