ATTO tizimidan pul mablag‘lari asossiz yechib olinayotgani haqidagi xabarlarga izoh berildi
Transport vazirligi buni pul mablag‘lari vaqtida yechib olinmagani bilan izohladi.
Oktyabr oyining ikkinchi yarmidan boshlab, ATTO tizimining ba’zi validator uskunalaridagi tranzaksiyalar kechikib kelmoqda. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Shu sababli yo‘lovchilarning ATTO transport va bank kartalari hisoblaridan avval (Beruniy hamda Buyuk ipak yo‘li metro bekatlarida) amalga oshirilgan sayohatlar uchun pul mablag‘lari yechib olinmoqda.
Xabarda validator uskunalaridagi tranzaksiyalarning kechikib kelishi sababi ma’lum qilinmagan. Agar bu nosozlik bo‘lsa, u qachon bartaraf etilishi haqida ham ma’lumot yo‘q.
Ta’kidlanishicha, ATTO mobil ilovasidagi «To‘lovlar tarixi» sahifasida yechilgan mablag‘larni tekshirish imkoniyati mavjud.
Mavzuga oid
18:38
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
10:47 / 08.11.2024