O‘zbekiston | 07:23 / 10.11.2023
13458
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 7 ta avtobusning harakat yo‘nalishi o‘zgardi

12-, 26-, 30-, 54-, 73-, 133- va 150-sonli avtobuslarning harakat yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritildi.

Foto: Kun.uz

Toshkent shahrida bir qator avtobuslar harakat yo‘nalishiga 2023 yil 10 noyabr kunidan boshlab o‘zgartirish kiritildi.

«Toshshahartransxizmat» xabariga ko‘ra, «1-avtobus saroyi» filialiga biriktirilgan 12-sonli «Food city savdo markazi — Boshliq mavzesi» avtobus yo‘nalishining harakati Food city savdo markazi bekatidan Qo‘yliq dehqon bozori bekatigacha qisqartirilgan va yo‘nalish nomi 12-sonli «Qo‘yliq dehqon bozori — Boshliq mavzesi» avtobus yo‘nalishi deb nomlandi.

«1-avtobus saroyi» filialiga biriktirilgan 26-sonli «Majnuntol mahallasi — Oloy bozori» va 54-sonli «Qo‘yliq 1-mavzesi — Do‘stlik metrosi» avtobus yo‘nalishlarining hamda «2-avtobus saroyi» filialiga biriktirilgan 30-sonli «Olmos mahallasi — Toshkent MUM» avtobus yo‘nalishining harakati Ohangaron shohko‘chasi va Shohimardon ko‘chasi kesishmasida tashkil etilgan yangi chorraha orqali o‘zgartirildi.

«12-avtobus saroyi» filialiga biriktirilgan 133-sonli «Qipchoq AShB — Food city savdo markazi» avtobus yo‘nalishining Food city savdo markazidan qaytish harakati Gulzor mahallasiga kirmagan holda 4P21, Jaloir mahallasi, 4P21 yo‘li orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishi bo‘yicha o‘zgartirildi.

«7-avtobus saroyi» filialiga biriktirilgan 73-sonli «Chorsu metrosi — Chinni bozori» yo‘nalishining Chorsu metrosidan borish harakati Sakkokiy va THAY ko‘chalari chorrahasidan keyingi birinchi burilib olish manzili orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishi bo‘yicha o‘zgartirdi.

«7-avtobus saroyi» filialiga biriktirilgan 150-sonli «Chilonzor 25-dahasi — Paxtakor metrosi» avtobus yo‘nalishining harakati Furqat ko‘chasidan Sebzor, A.Qodiriy, Sebzor, KHAY, Labzak ko‘chalari orqali Malika fabrikasi bekatigacha uzaytirildi hamda qaytish yo‘nalishi Labzak, Nurafshon, Sebzor, A.Qodiriy, Sebzor ko‘chalari orqali o‘z yo‘nalishi bo‘ylab tashkil qilinib, yo‘nalish nomi 150-sonli «Chilonzor 25-dahasi — Malika fabrikasi» avtobus yo‘nalishi deb nomlandi.

Mavzuga oid