O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning faoliyat turlari ro‘yxati kengaytirildi
Tandir yasash, biser tikish, qo‘ziqorin yetishtirish, qog‘ozdan qutilar tayyorlash, milliy taqinchoqlar yasash kabi jami 19 ta faoliyat turi ro‘yxatga qo‘shildi.
O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxati kengaytirildi.
11 noyabr kungi 193-sonli prezident farmoniga asosan, ro‘yxatga quyidagi 19 ta faoliyat turi qo‘shildi:
- qayta ishlangan jundan kiyimlar va boshqa buyumlar to‘qish;
- uy sharoitida loydan tandir tayyorlash;
- atlas va adras to‘qish;
- mayda munchoq (biser) tikish;
- do‘ppido‘zlik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash;
- temirchilik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash;
- asalarichilik, shuningdek, asalari uyasi va ramkalarini yasash;
- quroqchilik usulida ko‘ylak, ko‘rpa va yopinchiqlar tikish;
- qo‘ziqorinlarni terish, uy sharoitlarida yetishtirish va sotish;
- pichoq tayyorlash, charxlash va sotish;
- qog‘ozdan qutilar, banderollar tayyorlash;
- uy sharoitida issiqxona mahsulotlarini yetishtirish;
- tayyor mahsulotga etiketka biriktirish;
- uy sharoitida bolalar o‘yinchog‘i ishlab chiqarish;
- uy sharoitida supurgi yetishtirish va tayyorlash;
- yassi oyoqli bolalar oyoq kiyimlarini tayyorlash;
- milliy taqinchoqlar yasash;
- kandakorlik, miskarlik buyumlarini uy sharoitida tayyorlash;
- dag‘al jundan gilam, ko‘rpa va yostiq tayyorlash.
Shu tariqa, o‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat turlari ro‘yxati 101 ta bandga yetdi.
Ro‘yxatga kiritilgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar Soliq ilovasida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tib, qonuniy ishlashi mumkin. Ular daromad solig‘idan ozod etilgan, faqat 1 yil uchun 1 BHM – 330 ming so‘m miqdorida ijtimoiy soliq to‘lashlari lozim.
2024 yildan e’tiboran yillik daromadi 100 mln so‘mdan oshgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni yakka tartibdagi tadbirkorlar kabi 4 foizlik soliqqa tortish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
13:54 / 12.01.2024
“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturidagi imtiyozlar ma’lum qilindi
18:07 / 10.01.2024
Kam ta’minlanganlarga QQS summasi qaytarib beriladigan tovarlar ro‘yxati kengaytirildi
18:06 / 10.01.2024
Xarid cheklaridan to‘lanadigan keshbek miqdori cheklandi
12:54 / 10.01.2024