Polsha Belarus chegarasi yaqinida yangi tank batalyonini joylashtirdi
Yangi tank bo‘linmasining vazifasi «xavfsizlikni ta’minlash va sharqdan bosqinni to‘xtatish» bo‘ladi, deya ma’lum qildi Polsha mudofaa vaziri.
Polsha Belarus bilan sharqiy chegarada yangi tank batalyonini joylashtirdi, deb xabar qildi respublika milliy mudofaa vaziri Mariush Blashchak 12 noyabr, yakshanba kuni.
Batalyon 1-piyoda askarlar diviziyasi tarkibiga kiradi. Blashchakning so‘zlariga ko‘ra, yangi bo‘linmaning vazifasi «agar sharqdan hujum yo‘nalishlariga qaralsa, tajovuzkorni ushlab turish va xavfsizlikni ta’minlash» bo‘ladi.
Polsha 2022 yil sentabr oyida 1-piyoda askarlar diviziyasini tashkil qila boshladi. Yangi tank batalyoni Belarus bilan chegaraning Brest viloyati yaqinidagi Chartayeva hududida ish boshlaydi. Rasmiylar rejasiga ko‘ra, diviziya 12 ta harbiy qism, to‘rtta brigada, artilleriya brigadasi, to‘rtta polk va uchta maxsus batalyondan iborat bo‘ladi. Diviziya soni hajmi 30 ming kishidan oshishi kerak, u Amerikaning Abrams tanklari va Janubiy Koreyaning K2 Black Panther tanklarini o‘z ichiga olgan holda jihozlanadi.
«Mamlakatimiz sharqida 2015 yilgacha harbiy qismlar tugatilgani bilan bir necha yillardan buyon sodir bo‘layotgan voqealar o‘rtasidagi farqni qarang. Biz yangi harbiy qismlarni shakllantirmoqdamiz, ko‘ngilli yoshlarni armiyaga jalb qilmoqdamiz», - dedi Blashchak.
Mavzuga oid
11:02
Polsha bosh vaziri: Yaqin haftalar Kiyev uchun hal qiluvchi bo‘ladi
20:18 / 16.11.2024
Lukashenko Belarus uysizlar va tekinxo‘rlar bilan «jiddiy kurashishi»ni aytdi
14:34 / 15.11.2024
Polshada YTHda jabrlangan O‘zbekiston fuqarosiga yordam ko‘rsatildi
23:20 / 13.11.2024