AQSh kongressmenlari hukumat ishi to‘xtab qolishiga qarshi chiqdi
AQSh Kongressining quyi palatasi Amerika ma’muriyatini vaqtinchalik moliyalashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi. Isroil va Ukrainaga yordam ko‘rsatilmagan hujjat Senatga yuborildi.
AQSh Kongressining Vakillar palatasi 14 noyabr, seshanba kuni Amerika ma’muriyatini vaqtinchalik moliyalashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Ushbu qaror 18 noyabrdan boshlab federal hukumat ishi to‘xtab qolishi xavfini sezilarli darajada kamaytirdi. Ayrim mahkamalar ishini moliyalashtirishni 2024 yil 19 yanvargacha, boshqalarini esa 2024 yil 2 fevralgacha uzaytirish taklif etilmoqda.
Qonun loyihasida Isroil va Ukrainaga moliyaviy yordam ajratish nazarda tutilmagan. Avvalroq AQSh Kongressi quyi palatasining yangi spikeri respublikachi Mayk Jonson qo‘shma paket doirasida Ukraina va Isroilni moliyalashtirishga qarshi chiqqan edi.
Loyiha AQSh Senatiga taqdim etildi
Qonun loyihasi Senatga yuborildi, hujjat u yerda ham qabul qilinishi va prezident Jo Baydenga imzolash uchun yuborilishi kutilmoqda. Bu qonun chiqaruvchilarga hukumatning bir yil uchun moliyalashtirishni kengroq muhokama etishga muhim qo‘shimcha haftalar beradi.
Turli federal idoralarning 2024 yil uchun budjeti 11 noyabrgacha tasdiqlanishi kerak edi. Ammo so‘nggi sessiyada demokratlar nazoratidagi Senat va respublikachilar ko‘pchilikni tashkil etuvchi Vakillar palatasi o‘rtasidagi qarama-qarshilik bunga to‘sqinlik qildi.
Hukumat ishi to‘xtab qolishi 1,5 millionga yaqin AQSh hukumati xodimlarini uylariga maoshsiz yuborish bilan tahdid soladi. Shatdaun, shuningdek, federal mulkka tegishli bo‘lgan aksariyat obektlar, jumladan, milliy bog‘lar yopilishini va havo harakatini boshqarish cheklanishini anglatadi, bu amerikaliklarning sayohat rejalariga ta’sir ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024
American Airlines aviakompaniyasi AQShga barcha reyslarni to‘xtatdi
17:40 / 24.12.2024
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05 / 24.12.2024