O‘zbekiston | 08:33 / 15.11.2023
5166
2 daqiqa o‘qiladi

DXX muhim axborot infratuzilmasi obektlarini toifalashtirish tartibini ishlab chiqdi

Muhim axborot infratuzilmasi obektiga uchta toifadan biri berilishi mumkin – “yuqori”, “o‘rta” va “past”.

Davlat xavfsizlik xizmati raisining “O‘zbekiston muhim axborot infratuzilmasi obektlarini toifalashtirish va yagona reyestrni yuritish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i loyihasi e’lon qilindi.

Buyruq loyihasini ishlab chiqish zaruriyati muhim axborot infratuzilmasi (MAI) obektlarini belgilash va toifalashtirish, ushbu obektlarda MAI sub’yektlari tomonidan kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha tegishli talablarni bajarish, shuningdek MAI obektlarining yagona reyestrga kiritish masalalarini hal etish bilan bog‘liq.

Buyruq loyihasiga muvofiq, MAI obektlarining reyestriga kiritish uchun MAI obektlari sifatida belgilash va toifalashtirishning vaqtinchalik tartibi belgilanadi.

MAI obektlarini toifalashtirish ularda yuz berishi mumkin bo‘lgan turli kiberxavfsizlik hodisalari natijasida jamoat va davlat xavfsizligining hayotiy vazifalari, mudofaa qobiliyati, iqtisodiy barqarorlik ishdan chiqishiga, ekologiya va atrof muhit xavfsizligi, qonun ustuvorligi buzilishiga yoki aholi hayotiy faoliyatining xavfsizligi pasayishiga, shuningdek inson hayoti va sog‘ligiga zarar yetishiga olib keluvchi kibertahdidlardan himoyalanganlik darajasini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.

Axborotlashtirish tizimlari egasi axborotlashtirish tizimini MAI obekti ekanligi haqida qaror qabul qiladi.

MAI obektiga uchta toifadan biri berilishi mumkin – “yuqori”, “o‘rta” va “past”.

MAI obektlarini belgilash va toifalash ushbu obektlarda MAI sub’yektlari tomonidan kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha tegishli talablarni bajarish, shuningdek MAI obektlarining vaqtinchalik reyestriga kiritish uchun sharoit yaratadi.

Mavzuga oid