«Ko‘mir ta’minot»ning Toshkent viloyat filiali boshlig‘i 50 ming dollar bilan ushlandi
“Ko‘mir ta’minot” Toshkent viloyat filiali boshlig‘i, muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyat sodir etgani uchun sudlangan shaxs mazkur korxonaning hozirgi kunda vakant hisoblangan Sirdaryo viloyat filialiga rahbar sifatida ishga qabul qilinishida ko‘maklashish evaziga fuqarodan 50 ming dollar talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan qator hududlarda korrupsiya va firibgarlik holatlariga chek qo‘yildi.
DXX xabariga ko‘ra, “Ko‘mir ta’minot” MChJ Toshkent viloyat filiali boshlig‘i, muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyat sodir etgani uchun sudlangan shaxs mazkur korxonaning hozirgi kunda vakant hisoblangan Sirdaryo viloyat filialiga rahbar sifatida ishga qabul qilinishida ko‘maklashish evaziga fuqarodan 50 ming AQSh dollari talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan departament viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur rahbar so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Shuningdek, Toshkent shahrida yashovchi, muqaddam bir necha marotaba sudlangan 2 nafar shaxs firibgarlik yo‘li bilan qurilish ishlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkordan 20 ming AQSh dollarini olgan vaqtlarida ushlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, ular Samarqand viloyatida joylashgan qishloq vrachlik punktlari va poliklinikalarni joriy ta’mirlash uchun hukumat qarorlari asosida budjet mablag‘lari ajratilishini aytib, o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 34 mlrd so‘mlik pudrat shartnomasini tadbirkorga tegishli MChJga to‘g‘ridan to‘g‘ri olib berishni va’da qilgan. Keyinchalik esa mazkur pudrat shartnomasi qiymatidan 8 foizini ulush sifatida berishini talab etgan.
Hozirda ikkala holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:12 / 15.11.2024
Dilshod Sultonov shahar hokimligidan ham ketdi
08:14 / 14.11.2024
Toshkent viloyatida “zakladchiklar” qo‘lga olindi
14:36 / 13.11.2024
Imtiyozli narxlarda tarqatilishi lozim bo‘lgan ko‘mirni sotayotgan shaxslar ushlandi
13:38 / 08.11.2024