MSK va IFES 2024 yilda O‘zbekistonda parlament saylovlarini tashkil etish masalasini muhokama qildi
Toshkentda O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi va IFES o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasida Saylov tizimlari xalqaro jamg‘armasi (IFES) prezidenti va bosh direktori Entoni Banberi boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, IFES nodavlat xalqaro tashkilot bo‘lib, 50 dan ortiq mamlakatlarda saylov va referendumlar o‘tkazishning huquqiy asoslari va amaliyotini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi dasturlarni amalga oshiradi.
IFES delegatsiyasi xalqaro kuzatuvchilar tomonidan yuqori baholangan Konstitutsiyaviy referendum va muddatidan ilgari prezident saylovlari muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan Markaziy saylov komissiyasini tabrikladi.
Uchrashuv davomida MSK va IFES o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari, jumladan, 2024 yilda O‘zbekistonda parlament saylovlarini tashkil etish borasida hamkorlik aloqalari muhokama qilindi.
Mavzuga oid
13:49
Moldovadagi saylovlar: KS shikoyatlar tufayli natijalarni hali tasdiqlamadi
14:26 / 16.11.2024
Yangi Zelandiyada maori deputatlari bahsli qonun loyihasiga norozilik bildirib, majlisda raqsga tushdi
16:56 / 14.11.2024
AQSh saylovlarida respublikachilar Kongressda ham ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
21:49 / 08.11.2024