O‘zbekiston | 10:00 / 16.11.2023
4044
3 daqiqa o‘qiladi

Asialuxe Travel va Uzbekistan Airways Dubayda: O‘zbekistonda turizm istiqbollarini rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv

Foto: Asialuxe Travel

Asialuxe Travel turoperatori va O‘zbekiston Havo yo‘llari milliy aviakompaniyasi 14 noyabr kuni Dubay shahrida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishga qaratilgan biznes tadbir o‘tkazdi. “Xiva” restoranida bo‘lib o‘tgan tadbir sayyohlik agentliklari, turoperatorlar, turizm va mehmonxona xo‘jaligi vakillari uchun O‘zbekiston turizm salohiyati va jozibadorligi bilan yaqindan tanishish uchun noyob imkoniyat yaratdi. Taqdimotda biznes va ommaviy axborot vositalari vakillaridan tashqari O‘zbekistonning BAAdagi elchisi Abdulaziz Akqulov va O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsuli Alisher Salomovlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Asialuxe Travel va Uzbekistan Airways sayyohlik yo‘nalishlari taqdimotlari, keng ko‘lamli sayyohlik yo‘nalishlari va O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish imkoniyatlari taqdim etildi. Taklif etilgan biznes hamkorlarga milliy turoperator va milliy aviakompaniya bilan biznes aloqalarini o‘rnatish va hamkorlik qilish uchun foydali imkoniyatlar taklif qilindi. Asialuxe Travel kompaniyasi taklif etayotgan yangi sayohat paketlari va “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning jozibador takliflari e’lon qilindi.

Taqdimotlar mualliflari O‘zbekistondagi turistlar uchun infratuzilma va xizmatlarni ko‘rib chiqdilar, ko‘p yillik tajriba va O‘zbekistonga muvaffaqiyatli sayohatlar tarixi haqida so‘zlab berdilar hamda respublikamizning eng qadimiy va noyob shaharlariga tayyor turpaketlarni taklif qilishdi.

O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsuli Alisher Salomov “Kun.uz” muxbiri bilan suhbatda “Asialuxe Travel” va “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi hamkorligida o‘tkazilayotgan bunday tadbirlar mamlakatimizning sayyohlik maskani sifatida keng ommalashishiga, sayyohlar oqimining ko‘payishiga xizmat qilishini ta’kidladi. Sayyohlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar va chora-tadbirlar tufayli bugungi kunda Dubayga parvozlar soni 5 tadan 40 tagacha keskin ko‘paydi.

Endilikda O‘zbekiston fuqarolari pasportlarini konsullikdan olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar, BAA rezidentlari esa O‘zbekistonga 30 kun muddatga vizasiz tashrif buyurishlari mumkin.

Asialuxe Travel kompaniyasi bosh direktori Farrux Qayumov mamlakatimizda turizm rivojlanishining ijobiy dinamikasini qayd etib, sayyohlarni jalb etish eng ishonchli sarmoya, turoperatorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash esa nafaqat budjetni, balki butun turizm tarmog‘ini to‘ldirish garovi ekanini ta’kidladi.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining Fors ko‘rfazi mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy menejyeri Maqsad Ikromov turizmni rivojlantirish va targ‘ib qilish chorasi sifatida aviayo‘lovchilar uchun hamyonbop yagona tarif joriy etilganini ta’kidladi.

Hamkorlik asosida tayyorlandi.

Mavzuga oid